Reuters agentligiga tayanib DW xabar berişiça, samolyotlarning barçasi Yevropa şaharlari örtasidagi reyslarni bajarayotgan bölgan. Ularning törttasi Irlandiyaning Ryanair aviakompaniyasiga tegişli.
Samolyotlarning ikkitasi Varşavaga, yana ikkitasi Sofiyaga, ikkitasi Rimga va bittasi Ispaniyaning Mursiya şahriga parvoz qilayotgan bölgan.
Polşaning LOT aviakompaniyasiga tegişli, Londondan Varşavaga uçgan samolyot Şopen nomidagi asosiy aeroport örniga şahar yaqinidagi Varşava-Modlin aeroportiga yönaltirilgan. Layner qöngaç, uni tekşiriş davomida aeroport vaqtinça yopilgan.
Kopengagendan Varşavaga kelgan Scandinavian Airlines (SAS) samolyoti esa Şopen aeroportiga qöngan. Bort tekşirilganida heç qanday xavfli buyum topilmagan.
Sofiyaga parvoz qilayotgan yana ikki samolyot böyiça ham bomba haqida xabar olingan. Ulardan biri Dublindan uçgan Ryanair, ikkinçisi esa Milan-Bergamo aeroportidan yölga çiqqan Vengriyaning Wizz Air aviakompaniyasi samolyoti bölgan.
Şuningdek, Ryanair aviakompaniyasining Mursiyaga qöngan bitta va Rimga Lissabon hamda Dublindan kelgan ikkita samolyoti ham tahdidlar sabab tekşiruvdan ötkazilgan.
Bundan bir kun avval, 2-noyabr kuni ham şunga öxşaş hodisa yuz bergan. Londondan Sofiyaga uçgan Wizz Air samolyoti bortida bomba borligi haqidagi xabardan söng Budapeşt aeroportiga favqulodda qöngan. Uni Vengriya qiruvçi samolyoti kuzatib borgan. Tekşiruvda portlovçi modda izlari topilmagan.
Aviatsiya sohasidagi xavflarni tahlil qiluvçi Osprey Flight Solutions konsalting kompaniyasi tahliliy bölimi rahbari Ris Jonsning fikriça, bunday xabarlardan maqsad umuman aviaqatnovlarni izdan çiqariş bölgan.
«Aniq nişon - muayyan davlat, aviakompaniya yoki yönaliş yöqligi maqsad umuman aviaqatnovlarni izdan çiqariş bölganidan dalolat beradi», - degan u Reuters agentligiga.
Yolğon xabarlar ortida kim turgani hozirça maʼlum emas.












