Buyuk Britaniyaning BP neftgaz kompaniyasi rahbari Robert Dadli jahon neft bozoridagi yaqin istiqbollarga oid fikrini bayon qildi. Uning aytişiça, 2017-2018 yillarda jahon neft narxi bir barreliga 55–60 dollar atrofida böladi, deb xabar qilmoqda Bloomberg agentligi.

«Menimça, bu yil va kelasi yilda neft narxi barreliga 55–60 dollar atrofida böladi», — degan Dadli.

Mart oyi uçun bugungi fyuçers savdolarida Brent navli neftning bir barreli 1,22 foizga qimmatlaşib, 56,54 dollarga baholangan. WTI navli neftning bir barreli fevral oyi fyuçersi uçun 1,39 foizga qimmatlaşgan va 53,10 dollardan sotilgan.