Qirğiziston IIV Boeing 747-400 avialayneri bortida terakt sodir etilganiga doir taxminlarni rad etdi. Bu haqda TASS agentligi vazirlik rahbari örinbosari Kursan Asanovga asoslangan holda xabar qilgan.
«Halokatga uçragan samolyot detallarida portlovçi moddalar izlari aniqlanmagan», — degan Asanov parlamentdagi çiqişida.
Respublika favqulodda vaziyatlar vazirligining xabar qilişiça, qulab tuşgan havo laynerining törtinçi ekipaj a'zosi jasadi ham topilgan.
Öz navbatida, boş vazirning birinçi örinbosari Muhammadkaliy Abulğoziyev, Qirğiziston sud ekspertizasi markazida fojiada halok bölgan 37 kişi, şu jumladan 17 bolaning şaxsi aniqlanganini ma'lum qildi, deb xabar qilgan RIA Novosti.
17 yanvarning ikkinçi yarmida Bişkekka Xalqaro aviatsiya qömitasining ekspertlari taşrif buyurişi kutilmoqda. Ularga samolyot qora qutilari topşiriladi.
Eslatib ötamiz, 16 yanvar kuni Turkiya aviakompaniyalaridan biriga tegişli Boeing 747 yuk taşuvçi samolyoti Bişkekning Manas aeroportiga qöniş çoğida halokatga uçragan edi. U Hongkong-Bişkek-Istanbul yönalişida parvozni amalga oşirayotgan bölgan. Sönggi ma'lumotlarga köra, layner 23 ta bir qavatli uylarni butunlay vayron qilgan.
Şu munosabat bilan, 17 yanvarda Qirğizistonda milliy motam kuni deb e'lon qilingan.












