Özbekiston hukumati 2016 yilning törtinçi çoragida xalqaro moliya institutlari bilan 508 million AQŞ dollariga teng kredit bitimlarini imzoladi. Bu haqda Uzdaily.uz xabar bermoqda.

Xususan, Özbekiston hukumati va Jahon banki “Mintaqaviy avtomobil yöllarini rivojlantiriş” loyihasi doirasida 200 million AQŞ dollarilik kredit bitimini imzoladi. Loyiha qiymati 240 million AQŞ dollariga teng.

Loyiha Toşkent, Farğona, Andijon va Namangan viloyatlaridagi ustuvor mintaqaviy avtomobil yöllarining 37 qismidagi umumiy uzunligi 394 kilometr bölgan yöllarni rekonstruksiya qiliş imkonini berdi. 

Şuningdek, Özbekiston Islom taraqqiyot banki bilan “Sirdaryo viloyatining Guliston, Şirin va Yangiyer şaharlaridagi kanalizatsiya tarmoqlarini rekonstruksiya qiliş va kengaytiriş” loyihasi moliyalaştirişni rivojlantiriş böyiça kredit bitimini imzoladi. Kredit miqdori 57,5 million AQŞ dollari, loyiha qiymati esa – 60,8 million AQŞ dollarini taşkil etadi.

Loyiha oqova suvlar tomonidan atrof-muhitning ifloslanişini kamaytiriş, mavjud kanalizatsiya tozalaş inşootlarini kengaytiriş orqali oqova suvlarni yiğiş va tozalaş tarmoqlari samaradorligini oşirişga qaratilgan. 
 
Özbekiston Fransiya taraqqiyot agentligi bilan “Samarqand şahrida maişiy qattiq çiqindilarni boşqarişni modernizatsiya qiliş” loyihasini amalga oşiriş böyiça 23,5 million AQŞ dollari qiymatiga ega kredit bitimini imzoladi.

Loyiha qiymati 36,5 million AQŞ dollari bölib, Samarqand şahrida çiqindilarni yiğiş, qayta işlaş hamda utilizatsiya qilişni moliyalaştirişni qamrab oladi. 

Özbekiston 2016 yilning törtinçi çoragida Janubiy Koreya Eksimbanki bilan ikkita kredit şartnomasini imzoladi.

Xususan, “Toşkent şahri aeroportida yangi xalqaro yölovçi terminalini quriş (Toşkent-4)” loyihasini moliyalaştiriş böyiça kelişuv imzolandi. Koreya Eksimbanki şartnoma doirasida qiymati 430,4 million AQŞ dollari bölgan loyihani moliyalaştirişga 200 million AQŞ dollari hajmidagi kredit taqdim etadi.

Loyiha Toşkent şahri xalqaro aeroporti infratuzilmasini yangi yölovçi terminali quriş, aeroportdagi yölovçilar ötkaziş hajmini oşiriş, xalqaro havo yönalişlari yölovçilariga xizmat körsatiş sifatini oşiriş orqali rivojlantirişga möljallangan.

Şuningdek, Janubiy Koreya Eksimbanki Özbekistonga “Elektron hukumat” tizimining ma'lumotlarni qayta işlaş Markazini yaratiş” loyihasini amalga oşirişga 27,4 million AQŞ dollari miqdorida kredit ajratdi. Loyiha qiymati 41,43 million AQŞ dollariga teng.

Loyiha “Elektron hukumat” tizimining ma'lumotlarni qayta işlaş va saqlaş infratuzilmasini yaratişga, şuningdek, interaktiv davlat xizmatlarini rivojlantiriş va davlat organlari axborot resurslari axborot xavfsizligini ta'minlaşga imkon beradi.