18 yanvar kuni Özbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligida “Favqulodda vaziyatlarda ularning oldini oliş va harakat qiliş davlat tizimining aholi va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qiliş böyiça 2016 yildagi asosiy tadbirlar rejasining bajarilişi va 2017 yildagi ustuvor vazifalari”ga bağişlangan hay'at majlisi bölib ötdi. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar berdi.
Unda Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik Kengaşi devoni, Vazirlar Mahkamasining mas'ul xodimlari, Favqulodda vaziyatlar Davlat tizimiga kiruvçi 40 ga yaqin vazirlik va idora rahbarlari, şuningdek, Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi, viloyatlar va Toşkent şahar hokimlarining örinbosarlari hamda OAV vakillari iştirok etdilar.
Ta'kidlanişiça, favqulodda vaziyatlarda ularning oldini oliş va harakat qiliş davlat tizimining tegişli xizmatlari tomonidan is gazidan, oziq-ovqat mahsulotlaridan ommaviy zaharlanişlar hamda tabiiy gaz çaqnaşi bilan boğliq favqulodda vaziyatlarni oldini oliş maqsadida, ötgan 2016 yil mobaynida 634 ming 596 ta şaxsiy hovli joylar, 23 ming 108 ta köp qavatli uylar va ulardagi 918 ming 97 ta aholi yaşaş xonadonlari örganib çiqilib, aholi orasida tarğibot-taşviqot işlari ötkazildi.
Ötgan yil davomida respublikaning toğli hududlaridagi qor zaxiralarini va baland toğli köllarning holatini baholaş hamda qor köçkisi va sel xavfi mavjud hududlarni aniqlaş maqsadida 7 marotaba aerovizual kuzatuv işlari amalga oşirildi.
Andijon, Jizzax, Qaşqadaryo, Navoiy, Namangan, Samarqand, Surxondaryo, Toşkent va Farğona viloyatlarida daryo va soylarning qirğoqlarini mustahkamlaş va özanlarini tozalaş böyiça 1362,6 ming m3 tuproq, 91,4 ming m3 toş işi, 8,2 ming m3 beton işi va 172 tonna metall işlari amalga oşirilgan. Uşbu işlarga 20 mlrd. sömdan ziyod byudjyet mablağlari sarflandi.
Şuningdek, Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahridagi ta'lim muassasalarida faoliyat olib borayotgan “Yoş qutqaruvçi” köngillilar klublari örtasida şahar va tuman, viloyat hamda respublika bosqiçi musobaqalari ötkazildi. Unda 1193 ta örta maxsus kasb-hunar ta'limi muassasalarining 14 ming 102 nafar öquvçilari, 2132 ta umumta'lim maktablarining 17 ming 42 nafar öquvçilari jalb etilgan.












