Bolgariya respublikasining saylangan prezidenti Rumen Radev va vitse-prezidenti Iliana Yotova 19 yanvar kuni mamlakat parlamentida qasamyod qilişdi. Yangi davlat rahbarining inauguratsiyasi 22 yanvar kuni bölib ötişi rejalaştirilgan.
Tantanali qasamyod qiliş marosimida amaldagi prezident Rosen Plevneliyev, vitse-prezident Margarita Popova, Bolgariya boş vaziri v.b. Boyko Borisov va hukumat a'zolari, patriarx Neofit, şuningdek, Konstitutsiyaviy sud a'zolari, diplomatlar va diniy mulozimlar qatnaşgan.
Qasamyod qiliş marosimini BNT telekanali jonli efirda namoyiş etgan.
Rumen Radev ötgan yil noyabr oyida bölib ötgan prezidentlik saylovining ikkinçi turida ğalaba qozongan edi. Saylov natijalari ma'lum bölgaç, boş vazir Boyko Borisov va uning hukumati iste'foga çiqqandi. Radevning prezidentlik lavozimidagi ilk vazifasi muvaqqat hukumatni tayinlaş, parlamentni tarqatib yuboriş va Bolgariya Xalq kengaşiga yangi saylovlar muddatini e'lon qilişdan iborat böladi.
Respublika OAVga köra, parlament saylovlari 26 martdan 16 aprelgaça bölgan muddatda bölib ötişi mumkin.









