Gambiya vitse-prezidenti lavozimini 1997 yildan beri egallab kelgan Izatu Njiye Saydi iste'foga çiqdi. Bu haqda Reyter agentligi hukumat va Saydi oilasidagi manbalarga asosan xabar berdi.
Şuningdek, oliy ta'lim vaziri Abubakar Sengxor ham öz vazifasidan ketgan.Gambiyadagi siyosiy inqiroz dekabr oyi oxirida yuzaga keldi. Bu holat prezident Yayya Jamme bölib ötgan saylovlar natijasini tan olmasligini ma'lum qilib, vazifasini tark etişdan boş tortgaç, röy berdi. Jamme öz vakolat muddati yakuniga yetişiga bir kun qolganda mamlakatda favqulodda holat e'lon qildi. Avvalroq, Jamme hukumatni topşirişdan boş tortsa, Senegal Gambiyaga qöşinlarini kiritişga tayyor turgani xabar qilingandi.







