14 mart kuni Nyu-York şahrida Özbekiston va Gambiya örtasida diplomatik munosabatlar örnatiş töğrisidagi qöşma kommyunike imzolandi. 

Şu tariqa, Ğarbiy Afrikada joylaşgan Gambiya Özbekiston bilan diplomatik aloqalar örnatgan 148-davlat böldi. 

Ikki davlat hukumatlari nomidan hujjatni Özbekistonning BMTdagi doimiy vakili Uluğbek Lapasov va Gambiyaning BMTdagi doimiy vakili Lamine Dibba imzoladi. 

Tomonlar xalqaro taşkilotlar, jumladan, BMT va uning ixtisoslaşgan idoralari doirasidagi hamkorlikni mustahkamlaşdan manfaatdorlik bildirdi. 

Ikki tomonlama hamkorlikning özaro manfaatli yönalişlarini topiş böyiça özaro hamkorlikni faollaştiriş töğrisida kelişuvga erişildi. 

2023 yil 20 dekabr kuni Özbekiston taşqi işlar vaziri Baxtiyor Saidov Gambiya taşqi işlar, xalqaro hamkorlik va çet eldagi gambiyaliklar işlari böyiça vaziri Mamadu Tangara bilan uçraşib, ikki davlat örtasidagi hamkorlikni kengaytiriş masalalarini muhokama qilgan edi.