Mustaqil Gambiyaning birinçi prezidenti, mamlakatni 20 yildan köproq boşqargan Dovud Kayraba Javara 96 yoşida vafot etdi.
“Biz sobiq prezident Dovud K.Jafaraning hayotni tark etgani haqidagi xabarni qayğu bilan eşitdik. Uning vafoti millatimiz, jumladan butun insoniyat uçun ham katta yöqotişdir”, deb xabar qilgan Gambiyaning amaldagi prezidenti Adama Barrou.
Gambiya prezidenti lavozimi 1970 yilda taşkil etilgan. Bungaça mamlakat rahbari lavozimini Britaniya monarxi bajargan. Javara esa bungaça boş vazir lavozimini egallagan.
U bir neça marotaba Gambiya prezidenti etib qayta saylangan, biroq 1994 yil iyulida bir guruh askarlar tomonidan çetlatilgan. Sobiq prezident mamlakatdan çiqarib yuborilgan va Londonda yaşagan. 2002 yilda u siyosiy faoliyat bilan boşqa şuğullanmaslikka rozi bölib, öz vataniga qaytgan.












