Mali şimoli-şarqidagi Gao şahrida joylaşgan harbiy bazada röy bergan portlaş oqibatida halok bölganlar soni 60 kişiga yetdi. Bu haqda Frans Press agentligi mamlakat prezidenti Ibrohim Bubakar Keyta bayonotiga asosan xabar berdi.
Avvalroq 47 inson halok bölgani haqida xabarlar tarqalgandi.
Gao şahridagi baza hududida minalaştirilgan avtobus çorşanba kuni portlatildi.
Prezident televizion murojaatida kamida 60 kişi halok bölgani va 115 inson jarohat olganini xabar qildi.
Hukumat vakili keça halok bölganlar orasida “beş nafar xudkuş” bölganini ma'lum qilgandi. Terakt uçun mas'uliyatni “Al-Qoida”ga aloqador “Al-Murabitun” guruhi öz zimmasiga oldi.












