Kurrai zaminda farzand tuğilganida tomirlari moziyning tiniq buloqlaridan suv içgan özbegimçalik quvonadigan xalq bölmasa kerak.  Şoirning: “Dunyoda bolam deb yaşaydi özbek” deb yozgani ham bejiz emas. Inson borki, özidan zurriyod qoldiriş, uni Vatan koriga yaraydigan va barkamol şaxs  qilib tarbiyalaşni öz oldiga maqsad qiladi. Oilada yangi çaqaloq tuğilganida u bilan birgalikda olam-olam orzular, umidlar sarçaşmasi bunyod böladi.

Ötgan yilning 17 iyulida Andijonning Yuqori Şahrixon  qişloğidagi Tumor mahallasida istiqomat qiluvçi Qoraboyevlar oilasida quvonarli hodisa yuz berdi. Törtta öğil farzandni voyaga yetkazayotgan Zohidjon va Fotimaxonlar oilasida birdaniga  uç öğil farzand tuğildi. Oilada tört öğil - Maşhurbek, Samandar, Iskandar va Mansurbeklar voyaga yetmoqda edi.  

Baxtli ota-ona bu quvonçli voqeadan şukrona keltirib, uç öğilga Özbekistoning birinçi Prezidenti şarafiga  - Islomjon, Abduğani va Karimjon deb ism qöyişdi. 

Ayni paytda uç pahlavon olti oylik böldi. Qoraboyevlar xonadonida bölganimizda Islomjon, Abduğani va Karimjonlarni durkun va soğlom ösayotganiga guvoh böldik. Şirin bolakaylarni bekamu-köst ulğayişlari uçun barça qulayliklar yetarli. Ma'lumki, yurtimizda yoş avlod tarbiyasi va uning soğlom voyaga yetişi uçun barça şart-şaroitlar yaratilgan. Oila viloyat, tuman hokimliklari va mahallaning doimiy e'tiborida. Egizaklarni soğligini Tumor qişloq vraçlik punkti şifokori Abdumalik Abdurahmonov nazorat qilib bormoqda. Ona va çaqaloqlarga alohida hamşira Barçinoy Mehmonova biriktirilib qöyilgan. Şifokorlar muntazam ravişda çaqaloqlarning har tomonlama soğ- salomat ulğayişlari uçun körikdan ötkazib turişadi.    

- Men dunyodagi eng baxtli onalardan biriman,-deydi çaqaloqlarning onasi Fotimaxon. – Yaratgan bizni oilaga yettita öğil farzand berganidan quvonib, turmuş örtoğim bilan ularga muhtaram birinçi prezidentimizning ismi-şariflarini qöydik. Ming şukrki, farzandlarim obod va ozod yurtda dunyoga keldi. Davlatimizning butun dunyo havas qilgudek yutuqlarga erişişida Islom Abduğaniyeviç Karimovning mehnatlari beqiyos. Nasib qilsa yetti öğlimiz u kişi orzu qilganidek alpqomat, vatan kelajagiga öz hissasini  qöşadigan ilm va hunarda heç kimdan kam bölmagan insonlar bölib yetişişadi.      

Elmurod Ermatov, Andijondan Kun.uz uçun maxsus