Janubiy Afrika hukumati Rossiyaning Ukraina bilan uruşida iştirok etayotgan yollanma askarlar tarkibida bölgan 17 nafar fuqarosidan falokat signallarini olganini ma’lum qildi. Ularning barçasi 20 yoşdan 39 yoşgaça bölgan erkaklar bölib, hozirda Donbassda oğir şaroitda qolgan. Şu bilan birga, rasmiylar bayonotida janubiy afrikaliklar kim tomonida jang qilayotganiga aniqlik kiritilmagan.

JAR prezidenti Siril Ramafosa öz tuzilmalariga tergov ötkaziş va bu yoşlar qanday şaroitda yollanganini aniqlaşni topşirdi. Rasmiylarga köra, ularni yuqori maoş va’dalari bilan aldagan bölişi mumkin.

Janubiy Afrika qonunçiligiga köra, agar hukumatning özi tomonidan ruxsat berilmagan bölsa, boşqa davlatlar tomonida jangovar harakatlarda iştirok etiş taqiqlanadi.

Ramafosa idorasi matbuot kotibi Vinsent Magvenyaning ma’lum qilişiça, rasmiylar JAR fuqarolarini uylariga qaytariş uçun diplomatik kanallardan foydalanmoqda. Ma’lum bölişiça, 16 kişi Kvazulu-Natal provinsiyasidan, bir kişi Şarqiy Keypdan.

Avvalroq, avgust oyida JAR hukumati yoş ayollarni xorijda, ayniqsa Rossiyada işlaş takliflariga javob bermaslikka çaqirgan edi.

BBC suriştiruvi şuni körsatdiki, Afrika va Janubiy Osiyodan kelgan qizlar Tataristondagi «Alabuga» maxsus iqtisodiy zonasidagi mudofaa korxonalarida işlaş uçun yollangan. Hisob-kitoblarga köra, mingdan ortiq ayollar dron va qurol-yaroğ işlab çiqaruvçi korxonalarga işga qabul qilingan.

Sentabr oyida Keniya politsiyasi odam savdosi tarmoğidan 20 dan ortiq odamni qutqarganini ma’lum qildi, ular Rossiyada işlaşga çaqirilgan, aldangan, aslida esa Ukrainaga uruşga jönatilmoqçi bölgan.

Avvalroq Ukraina Rossiya tomonida jangovar harakatlarda qatnaşgan Somali, Siyerra-Leone, Togo, Kuba va Şri-Lanka fuqarolarini lagerlarda asirlikda uşlab turganini ma’lum qilgandi.

Şuningdek, Ukraina ham avvalroq öz tomonida jangovar harakatlarda iştirok etiş uçun çet el fuqarolarini, şu jumladan afrikaliklarni yollaşga urinayotgani uçun tanqid qilingan edi.