Ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvçilari Hillari Klintonning Donald Tramp inauguratsiyasi paytida öz turmuş örtoğiga ğazab bilan qaraganini keng muhokama qilişmoqda.
Köpçilikning taxminiça, Bill Klinton labini tişlagan holda bu vaqtda Trampning qizi Ivankaga qarayotgan bölgan.
"Sizga Bill Klintonning Ivanka Trampga qaraşi kabi nazar taşlaydigan kimnidir toping", - deb yozadi NinJosh.
"Hillarining jahli çiqib ketdi, Billning esa parvoyi palak!", - ta'kidlab ötdi tonya de taxallusi ostidagi internet foydalanuvçisi.
"Billni Ivanka Trampga qarayotgan paytida uşlab olişdi. Bill, sen heç qaçon özgarmaysan", - deya izoh qoldirdi Jyey Uorner.
"Hillarining yuzini köriş – bu barça komediya seriallarini tomoşa qilişdan ham yaxşiroq", - degan Mr Ives.
Biroq, bir qator foydalanuvçilarning ta'kidlaşiça, AQŞning sobiq prezidenti aslida nimaga qaragani noma'lum.
"U qayerga yoki nimaga bunday qaraganini biz qayerdan bilamiz? Körayotgan yagona narsamiz – bu u qayergadir juda ham katta e'tibor bilan qaraganining isboti, xolos", - deya yozdi News View.
"U aniq Hillariga qaramagan", - deb unga javob qaytargan Marcell nomli foydalanuvçi.
"Billi Bob hali-hamon gözallikning qadriga yetadi. Hillarining jahli çiqqani aniq", - deya yozdi YentDolly.
The Sun naşrining taxminiça, Klinton aslida AQŞning yangi prezidenti rafiqasi Melanyaga qarayotgan bölgan.
Ma'lumot uçun, Bill Klinton davlat rahbari bölgan paytda işqiy munosabatlar bilan boğliq katta mojaroga aralaşib qolgandi. U Oq uydagi amaliyotçi qiz Monika Levinski bilan aloqada bölgan. Bu janjal prezident impiçmentiga olib ham kelişi mumkin edi.











