Klintonlar Epşteyn işi böyiça körsatma berdi – tafsilotlar
|03:32 / 05.03.202626 79012 min
AQŞ Kongressining Nazorat qömitasi «Epşteyn işi» böyiça sobiq prezident Bill Klinton va uning rafiqasi, sobiq davlat kotibi Hillari Klintonni söroq qildi.
Bill Klinton va Hillari Klinton 2025 yil 20 yanvar kuni AQŞ Kapitoliy binosidagi inauguratsiya marosimiga kelmoqda / Foto: The Washington Post / AP
Duşanba kuni Vakillar palatasining Nazorat qömitasi «Epşteyn işi» böyiça tergov doirasida AQŞning sobiq prezidenti Bill Klinton va uning rafiqasi, sobiq davlat kotibi Hillari Klintondan olingan körsatmalarning töliq videolarini e’lon qildi.
Ötgan haftadagi jami töqqiz soatlik söroq davomida respublikaçilar va demokratlar – Klintonlarni moliyaçi va pedofil-jinoyatçi Jyeffri Epşteyn hamda uning hamrohi Gisleyn Maksvell bilan bölgan aloqalari haqida söroqqa tutişgan.
Ikkala Klinton ham sodir etilgan har qanday jinsiy savdo yoki suiiste’mol holatlaridan xabardor emasliklarini bir neça bor ta’kidladilar. New York Times naşri ularning körsatmalardan olingan yetti asosiy xulosani keltirdi.
Hillari Klinton u yerda bölişni xohlamadi
Naşrning yozişiça, Hillari Klinton oylar davomida Kongressda Epşteyn masalasida körsatma berişdan qoçişga harakat qildi: söroq davomida ham kelişga majbur bölganidan noroziligini yaşirmadi. Uning javoblari va tana tili uşbu jarayonga nisbatan nafrat bilan töla edi.
Hillari Klinton körsatma bermoqda / Foto: Vakillar palatasi Nazorat qömitasi videosidan
U özi foydasiz deb hisoblagan söroqlar paytida özini bosiq tutişga qiynalayotgandek körindi. «Men hatto heç qaçon uçraşmaganman, deb işonadigan odam haqidagi savollarga qanday javob berişim mumkin?» — dedi u.
«Bir narsani qayta-qayta neça marta aytişingiz kerakligini bilmayman. Men şunçaki bularning barçasining aloqadorligini tuşunişga qiynalyapman», dedi keyinroq sobiq birinçi xonim.
Mavzuga oid
Bill Klinton Epşteyn bilan munosabatlarini «işbilarmonlik» deb ta’rifladi
Söroq paytida özini erkinroq tutgan Bill Klinton esa Epşteyn bilan aloqalarini kamaytirib körsatdi. U özaro munosabatlarini haqiqiy döstlik emas, balki «xuşmuomalalik» va işbilarmonlik aloqasi sifatida tasvirladi.
Klinton Epşteyn taniştirgan ayollar yoki qizlar bilan heç qanday jinsiy aloqada bölmaganini aytdi. Şuningdek, Epşteynning şaxsiy oroliga heç qaçon bormaganini, uning samolyotida sayohat qilganida heç qanday jinsiy harakatlarga guvoh bölmaganini aytdi.
Janob Klintonning vannada yuzi qoraytirilgan ayol bilan yotgan maşhur surati haqida esa «u kimligini bilmayman», dedi. Şu bilan birga u bilan heç qaçon jinsiy aloqada bölmaganini qöşimça qildi.
Bill Klinton körsatma bermoqda / Foto: Vakillar palatasi Nazorat qömitasi videosidan
Sobiq prezidentga köra, u Epşteyn bilan birinçi marta 2001 yoki 2002 yillarda sobiq moliya vaziri Larri Sammers orqali tanişgan. Sammers Epşteynni Klinton bilan siyosat va iqtisod haqida gaplaşmoqçi bölgan «ma’lumotga taşna odam» sifatida ta’riflagan. Buning evaziga Epşteyn janob Klintonga humanitar safarlar uçun özining şaxsiy samolyotidan foydalanişga ruxsat bergan.
Nensi Meys Hillari Klintonning jahlini çiqardi
Janubiy Karolina ştatidan respublikaçi vakil Nensi Meys Klinton xonimni söroq qilişda yetakçi rol öynadi. Nensi undan Epşteyn fayllaridagi janob Klinton yoş ayollar bilan tuşgan suratlar haqidagi «his-tuyğulari» haqida qayta-qayta söradi.
«Eringizni yoş ayollar bilan tuşgan suratlarda körganingizda xayolingizdan nima ötdi?» – degan Meys. Klinton xonim esa sovuqqonlik bilan: «Men taxmin qilmoqçi emasman», deb javob berdi.
Biroq Meys özi izlagan oçiq töqnaşuvga erişdi: u Hillari Klintondan AQŞning amaldagi Savdo vaziri Xovard Lutnik bilan munosabatlari haqida söradi.
Xovard Lutnik körsatma bermoqda / Foto: Bloomberg
2001 yil 11 sentabr hujumlari paytida Hillari Nyu-Yorkdan saylangan senator bölgan. Öşa paytda Lutnik – Cantor Fitzgerald kompaniyasi rahbari edi. Uning kompaniyasi 11 sentabr hujumlarida 600dan ortiq xodimlarini yöqotgan. Senator Klinton xonim esa uning xodimlari oilalari uçun kompensatsiya olişda yordam bergan. Şundan keyin Lutnik 2016 yilgi saylovlarda Klintonga donorlik tadbirlarida yordam bergan. Söroqda bu aloqalar haqida gap kötarilişiga sabab – Lutnikning özi ham Epşteyn bilan boğliq mojaroga aralaşib qolgan. Kongressman Meys aynan şu tarafdan Klinton xonimni Epşteyn bilan aloqalari haqida bilmoqçi böldi.
Meys özining ham jinsiy zöravonlikdan omon qolganlardan biri ekanligini va 'boşqa qurbonlarning ğamini yeyişga harakat qilayotganiniʼ eslatganida, Hillari Klinton özini tutolmay qoldi.
«Men ham öşa paytda Butunjahon savdo markazida halok bölgan 3000 kişining yaqinlari haqida qayğurayotgan edim!" - dedi Hillari qöli bilan stolga urib.
"Mana, bugun ham siz öşanday özboşimçalik va takabburlik qilyapsiz," - deya Meys unga keskin javob qaytardi.
Bill Klinton Tramp bilan Epşteynni muhokama qilganini aytdi
Vakillar palatasidagi demokratlar sobiq prezident — Klinton misolidan Donald Trampni guvoh sifatida çaqirişda foydalanişga harakat qilmoqda. NYTning yozişiça, ammo Klinton ularning işiga unçalik yordam bermagan:
«Buni hal qiliş sizning ixtiyoringizda. Lekin u uni yaxşi tanirdi», — dedi Bill Klinton Tramp ham Epşteyn haqida qömitaga körsatma beriş kerakmi, degan savolga. Xuddi şu savol berilganda, Klinton xonim «U mening röyxatimda bölar edi», deb javob bergan.
Bill Klinton va Epşteyn / Foto: Reuters
Klintonning aytişiça, u Tramp bilan taxminan 20 yil oldin, uning golf maydonlaridan birida Epşteynni muhokama qilgan. Sobiq prezidentning sözlariga köra, Tramp «mulk bitimi» tufayli Epşteyn bilan orasi buzilganini aytgan.
Klinton, şuningdek Tramp unga «Epşteyn bilan boğliq biron-bir nomunosib işda iştirok etgan, deb öylaşga asos beradigan heç narsa aytmaganini» ham qöşimça qildi.
Kolorado ştatidan respublikaçi vakil Loren Bobert «Pizzagate» mavzusini kötardi. Bu fitna nazariyasi bölib, unda demokratlar Vaşingtondagi pitsseriyalardan birining yertölasida bolalar savdosi bilan şuğullanuvçi guruhni boşqargani haqida da’volar ilgari surilgan.
Bobert Klinton xonimdan – Epşteyn işi böyiça e’lon qilingan va «Pizzagate» da’volariga aloqador bölişi mumkin bölgan hujjatlarni körib çiqqan-çiqmaganini söradi.
«Pizzagate" butunlay uydirma edi», deb javob berdi Klinton xonim ğazab bilan. «Sizning hatto bu mavzuni tilga olayotganingizga işonolmayman», deya qöşimça qildi u.
Bunga javoban Bobert "u yerda işlatilgan sözlarda öxşaşliklar bor"ligini aytdi.
Maksvell va uning Klintonlar bilan aloqasi
Gisleyn Maksvell – Jyeffri Epşteyn işidagi markaziy şaxslardan biri, britaniyalik media-magnat Robert Maksvellning qizi. Elita qatlamida voyaga yetgan Maksvell – nufuzli siyosatçilar, qirollik oilalari va biznesmenlar doirasiga Epşteynni olib kirgan şaxs hisoblanadi. Maksvell va Epşteyn 1990 yillarda tanişgan, keyinçalik ular yaqin biznes hamkorlarga aylangan.
Sud hukmiga köra, Maksvell voyaga yetmagan qizlarni qidirib topiş, ularni Epşteyn bilan taniştiriş va jinsiy ehtiyoji uçun «tayyorlaş» bilan şuğullangan. 2021 yilda u odam savdosi va voyaga yetmaganlarni jinsiy qullikka jalb qilişda aybdor deb topilib, 20 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi.
Bill Klinton, Maksvell va Epşteyn birga tuşgan sur’atlar
Maksvellning Bill Klinton bilan aloqalari Epşteynnikidan köra ança yaqinroq va döstona bölgani aytiladi. Eng şov-şuvli fakt şundaki, 2010 yilda Bill va Hillarining yagona qizi — Çelsining töyida Maksvell faxriy mehmon sifatida iştirok etgan. Bundan taşqari, Maksvell Bill Klinton bilan Epşteynning şaxsiy samolyotida bir neça bor birga uçgan.
Söroq davomida ayni şu masalalar kötarildi. Bill Klinton Maksvellning Epşteyn işidagi rolini bilişdan «ma’yus» bölganini aytdi. Uning aytişiça, Maksvell bilan munosabatlari «döstona» bölgan va bu aloqa Epşteyn bilan bölgan munosabatidan köra uzoqroq davom etgan.
Biroq, sobiq prezident Maksvellning – Epşteynning odam savdosi operatsiyalaridagi iştirokidan xabari bölmaganini ta’kidladi. Bill Klinton Maksvellning Trampdan «afv söraş» harakatlari haqidagi savolga ham javob berdi.
«Bilasizmi, biz Maksvell bilan döstona munosabatda bölganmiz. Men bundan ma’yus böldim. Lekin u qilgan işlar dahşatli edi, u jazolanişi kerak», dedi Bill Klinton.
Klinton xonim körsatma berişni boşlaganiga bir soatça bölganida, uning advokati Şeril Mills söroqni töxtatdi: ijtimoiy tarmoqlarda xona içidan olingan surat tarqalib ketgandi.
Ma’lum bölişiça, Loren Bobert tomonidan yaşirinça olingan uşbu surat öng qanot bloggeri Benni Jonson tomonidan X tarmoğiga joylaştirilgan.
Klinton qömita qoidalarining buzilişidan darhol foydalanib, e’tiroz bildirdi va hujjatlarini yiğib, eşituv xonasidan çiqib ketdi. Respublikaçilar bunday holat boşqa takrorlanmasligiga kafolat berganidan söng, u 30 daqiqa ötib qaytib keldi.
Demokratlar uşbu hodisadan foydalanib, eşituvni matbuot uçun oçiq qilişga urindi, biroq respublikaçilar buni rad etdi.
Epşteyn işi va Klintonlar oilasi
Jyeffri Epşteyn işi AQŞ tarixidagi eng şov-şuvli va murakkab jinoiy mojarolardan biri bölib, u elita qatlamining qoronği sirlarini oçib taşladi.
Mavzuning ildizlari 2000 yillarning boşiga borib taqaladi. Boy moliyaçi Jyeffri Epşteyn voyaga yetmagan qizlarni jinsiy qullikka jalb qiliş va ulardan özining nufuzli döstlari uçun foydalaniş tarmoğini yaratganlikda ayblangan. 2008 yilda u Florida ştatida yengil jazo bilan qutulib qolgan edi, biroq 2019 yilda qayta hibsga olindi va köp ötmay qamoqxonada şubhali tarzda vafot etdi.
«Epşteyn fayllari» esa, bu – asosan u bilan boğliq bölgan sud jarayonlari davomida maxfiylikdan çiqarilgan millionlab sahifalik hujjatlar, media mahsulotlari va körsatmalardir.
Epşteyn atrofida önlab, balki yuzlab yuqori martabali şaxslar — prezidentlar, qirollik oilasi a’zolari, milliarderlar va olimlar töplangan edi.
Bill va Hillari Klintonlar esa AQŞ tarixidagi eng nufuzli, şu bilan birga eng köp muhokama qilinadigan siyosiy juftlik hisoblanadi. Bill Klinton 1993–2001 yillarda, 2 muddat davomida AQŞning 42-prezidenti bölgan. U 1975 yilda Hillari Klinton bilan turmuş qurgan. Hillari esa nafaqat sobiq Birinçi xonim, balki senator va Obama davrida AQŞ Davlat kotibi ham bölgan.
Hillari Klinton va prezident Bill Klinton 1998 yil dekabr oyida, u Vakillar palatasi tomonidan impiçment qilinganidan söng / Foto: Associated Press
Klinton, şuningdek 2016 yilda u AQŞ tarixida Demokratlar tomonidan prezidentlikka nomzod qilib körsatilgan birinçi ayol böldi. Saylovda Donald Trampga yutqazgan bölsa-da, umumiy ovozlar soni böyiça undan özib ketgandi.
Bill Klintonning uşbu işga aralaşib qolişiga uning «Lolita Express» nomi bilan tanilgan Epşteynning şaxsiy samolyotida kamida 26 marta uçgani sabab bölgan. Klinton buni humanitar maqsadlar bilan izohlasa-da, guvohlarning u Epşteynning orolida yoki uylarida bölgani haqidagi iddaolari şubhalarni kuçaytirgan.
Xulosa qilib aytganda, uşbu mojaro Amerika siyosiy tizimidagi axloqiy inqirozni körsatib berdi va hali-hanuz köplab siyosatçilarning obrösiga putur yetkazişda davom etmoqda.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi