Qatardagi Doha forumida amirdan tortib Suriya muvaqqat prezidenti Şar’a, AQŞ sobiq davlat kotibi Hillari Klinton, milliarder Bill Geyts va yuzlab vazirlar qatnaşdi. Sessiyalarning deyarli hammasi tinçlik masalalariga bağişlangan. Forum doirasida oliy darajadagi mehmonlar jonli efirda intervyular ham berişdi. Kun.uz jurnalistining Dohadan xabar berişiça, Ahmad aş-Şar’a öz sessiyasida uni ortiq terrorçi demasliklarini söragan.
Doha forumi geosiyosiy keskinlikning kuçayişi, gumanitar ehtiyojlarning çuqurlaşişi va texnologik uzilişlarning tezlaşişi avj olgan pallada ötkazildi.
Forumni şaxsan amir oçdi, uning singlisi sessiyalarda qatnaşdi, onasi Şeyxa Moza esa forumni yopib berdi. Sessiyalar bir-biridan qiziq, iştirokçilar rang-barang, qatnaşçilar minglab. Doha forumining bu yilgi mavzusi – tinçlik va adolatga atalgan. Ya’ni qayerdaki mojarolar bor, ularning yeçimlari muhokama maydoni sifatida şu forum taklif etilmoqda. Qatnaşçilar içida Suriya muvaqqat prezidentining ham borligi – muloqot mavzusiga mos tuşadi.
CNN telekanali jurnalisti Aş-Şar’adan eksklyuziv intervyu oldi, lekin u suhbat çoğida Şar’ani noqulay ahvolda qoldiruvçi savollarini ham berdi. Avvalo, jurnalist uning terrorçilik ötmişi haqida söradi. Suriya prezidenti esa ortiq terrorçi sifatida röyxatda turmasligini aytdi.
“Biz terrorist sözini 25 yildan beri işlatamiz, lekin aslida bugun kim terrorist ekanini Ğazodagi voqealar sabab odamlarning özi bilib oldi. Men haqimdagi savolda ziddiyatlar juda köp. Avvalo, men heç qaçon tinç aholi vakillariga qarşi uruşmaganman. Ötgan yilgi Suriyani olişimizdagi 11 kunlik rejani eslang, tinç aholi vakillari qurbon qilinmay şu darajada reja tuzgan qaysi terrorçini bilasiz? Vaholanki, men endi Xavfsizlik kengaşining terrorçilar röyxatida emasman”, - dedi Şar’a.
Yana bir qiziq sessiya AQŞ prezidentining öğli – kiçkina Donald Trampniki. U mediaga Qatarda heç qanday biznesi yöqligini aytgan.
“Biz har qanday investitsiyamizni AQŞga qilamiz, Qatarda heç qanday biznesim yöq”, - deydi kiçkina Donald Tramp.
Forum 2 kun davom etdi, unda Özbekiston delegatsiyasi ham qatnaşdi. Xalqaro muloqotda Özbekiston Afğoniston sessiyasini ötkazdi, qatnaşçilar içida “Tolibon” vakili ham bor.












