Myunxen konferensiyasi doirasidagi sessiyalardan birida AQŞ sobiq davlat kotibi Hillari Klinton va Çexiya boş vaziri örinbosari Petr Masinka Rossiya-Ukraina uruşi kontekstida Donald Tramp ma’muriyati roli borasida bahslaşib qoldi. Klinton Trampni Ğarb qadriyatlariga «xiyonat qiliş»da aybladi, Masinka esa Trampning siyosati «uzoqqa ketib qolgan» söl liberallarning kun tartibiga javob ekanini aytdi. Ularning beş daqiqalik qizğin muloqoti dunyodagi köplab naşrlarida tarqaldi – bu bahs Tramp figurasi, uning Rossiya-Ukraina uruşiga yondaşuvi hamda kelajakdagi dunyo qurilişi borasidagi munozaralar tufayli jamoatçilik fikri qutblaşişi kontekstida namuna böldi. Quyida uşbu siyosatçilar bahsi qisqartirilgan körinişda keltiriladi.
Klinton. Men Tramp ma’muriyatining Ukrainaga nisbatan pozitsiyasini uyatli deb hisoblayman. Men Ukrainani Vladimir Putin bilan kelişuvga majburlaşga urinişlarni şarmandalik deb hisoblayman. Men Putin va Trampning ukrain xalqining azob-uqubatlari va ölimidan foyda körişga urinişlarini tarixiy xato deb hisoblayman.
Men yana şunday hisoblaymanki, Ukraina bizning demokratiya, bizning erkinlik va sivilizatsiya qadriyatlarimizni himoya qiliş uçun kuraşmoqda, bir kişining uni boşqarişga bölgan telbavor intilişi tufayli minglab odamlarini yöqotmoqda. Tramp yoki buni tuşunmayapti, yoki unga buning farqi yöq.
Tramp Ğarbga xiyonat qildi. U insoniy qadriyatlarga xiyonat qildi. U NATO nizomiga, Atlantika xartiyasiga, Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasiga xiyonat qildi. Insoniyat nazoratsiz hokimiyatni istovçi odamlarni töxtatiş uçun köp iş qilgan. Bu yerdagilarning heç biri Putin kabi heç qanday jazo olmasdan istagan işni qiliş mumkin bölgan rejimda yaşaşni heç qaçon xohlamagan bölardi. Ammo Tramp hozir öz hokimiyati uçun namuna sifatida aynan Putin rejimiga suyanmoqda.
Masinka. Köryapmanki, siz uni çindan ham yoqtirmaysiz.
Klinton. Mutlaqo şunday. Ammo menga aslida nafaqat uning özi, balki AQŞ va dunyo bilan qilayotgan işlari ham yoqmayapti. Agar siz buni qandaydir yaxşi narsaga olib keladi deb hisoblasangiz, masalani yaxşilab örganib çiqişingiz kerak böladi.
Masinka. Tramp Amerika bilan qilayotgan iş – bu reaksiya. Haddan oşib ketgan ba’zi siyosiy trendlarga reaksiya. Oddiy odamlardan uzoqlaşib ketgan, reallikdan uzoqlaşib ketganlarga. Vouk-inqilobi. Men gender inqilob, iqlim özgarişlari börttirilişiga qöşilmayman…













