2017 yil 19 yanvarda Nukus şahrida 2016 yil yakunlari va 2017 yilda Qoraqalpoğiston Respublikasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirişning asosiy yönalişlariga bağişlangan faollar yiğilişi bölib ötdi. Bu haqda ÖzA xabar qilgan.

Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi Raisi M.Yerniyazov boşqargan yiğilişda Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyevning mamlakatimizni 2016 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş yakunlari va 2017 yilga möljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yönalişlariga bağişlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma'ruzasida belgilab berilgan vazifalar ijrosini ta'minlaşga alohida e'tibor qaratildi.

2016 yilda Qoraqalpoğiston Respublikasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş, jumladan, kiçik biznes va xususiy tadbirkorlikni qöllab-quvvatlaş, yangi loyihalarni işga tuşiriş, korxonalarni modernizatsiya qiliş, texnik va texnologik yangilaş yuzasidan olib borilgan işlar samarasida iqtisodiyotning barça sohalarida izçil ösiş ta'minlandi. Xususan, energetika, quriliş, kimyo, yengil sanoat va qişloq xöjaligi sohalarida tarkibiy özgarişlarga erişildi.

Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyevning saylovoldi uçraşuvida bildirgan fikrlari asosida aholining turmuş darajasini yanada yuksaltirişga qaratilgan Orolböyi mintaqasini rivojlantiriş böyiça maxsus dastur işlab çiqilmoqda. Aholining salomatligini mustahkamlaş va navqiron avlod tarbiyasini yanada yaxşilaş maqsadida 168 mingga yaqin bolaga bepul darmondorilar tarqatilib, homilador ayollar va boquvçisini yöqotgan, ehtiyojmand fuqarolar uçun patronaj xizmati körsatilayotgani öz samarasini berayotir. Zamonaviy, arzon va ixçam turar joylar quriş, elektr energiyasi va tabiiy gaz ta'minotini yaxşilaş masalasi doimiy e'tiborda.

2017 yilda Möynoq tumanida 101 kilometrlik içimlik suvi tarmoği tortilişi közda tutilmoqda. 1 trillion sömdan ziyod mablağ evaziga amalga oşirilişi rejalaştirilgan loyihalar asosida 15 ming yangi iş örni yaratiladi.

Tadbirkorlik sub'yektlarini qöllab-quvvatlaş va ularning huquqiy manfaatlarini himoya qiliş borasida olib borilayotgan işlar samarasida kiçik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'yektlarining yalpi hududiy mahsulotdagi uluşi 2016 yilda 57 foizni taşkil etdi. Aholi bandligini ta'minlaş dasturiga muvofiq, 50 mingga yaqin iş örni yaratildi. Joriy yilda 40 mingga yaqin yangi iş örni taşkil etiş rejalaştirilgan.

Yiğilişda ayrim sohalarda yöl qöyilgan kamçiliklarni bartaraf etiş yuzasidan tegişli çora-tadbirlar belgilab olindi.

Qoraqalpoğiston Respublikasi faollar yiğilişida Özbekiston Respublikasi Boş vazirining birinçi örinbosari O.Ramatov sözga çiqdi.