Şavkat Mirziyoyev Qoraqalpoğistonning har bir tumanida aholi turmuş şaroitini yaxşilaşga xizmat qiladigan loyihalar amalga oşirilayotganini taʼkidladi.

Qayd etilişiça, Bözatovda zamonaviy sanatoriy, Nukusda onkologiya va radiologiya markazi, Qönğirotda bolalar şifoxonasi va tuğuruqxona işga tuşirilgan. Amudaryo va Törtkölda har biri 2 ming örinli amfiteatr, Nukus şahrida gimnastika markazi va Konservatoriya filiali foydalanişga topşirilgan.

Osiyo taraqqiyot banki bilan 384 mln dollar hisobiga A-380 magistral yölining Qönğirotdan ötgan 240 kilometri töliq beton qoplamaga ötkazilgan. Keça yölning Törtköl, Ellikqalʼa va Beruniydan ötgan yana 92 kilometrini quriş boşlangan. Loyiha qiymati 233 mln dollar.

Natijada tranzit 1,5 karra oşişi, Törtkölga kirgan yuklar Qozoğiston çegarasiga bir sutka örniga 10 soatda yetib borişi taʼkidlandi. 

Kelasi yil mart oyidan Toşkent – Nukus tezyurar poyezdi qatnovi yölga qöyilib, safar vaqti 16 soatdan 7 soatga qisqaradi.

photo_2026-09-19_10-20-57

“Tuyamöyin” suv tozalaş inşootini rekonstruksiya qiliş va Qönğirotdan Möynoqqa 100 kilometr içimlik suv tarmoğini tortiş boşlanadi.

Davlat rahbari Qoraqalpoğistonda yer, qazilma boyliklar, quyoş va şamol energiyasi, katta yaylovlar mavjudligini qayd etdi. Ana şu imkoniyatlar asosida “resursdan tayyor mahsulotgaça” bölgan zanjirni qamrab oladigan yangi sanoat va investitsiya xaritasi yaratiladi.

“Qönğirot – Qoraözak – Taxiatoş” yönalişi Qoraqalpoğistonning “yaşil sanoat yölagi” – “intellektual iqtisodiyot uçburçagi”ga aylanadi.

Sunʼiy intellekt va data markaz loyihalari uçun taşkil etilgan maxsus zonada 8 mlrd dollarlik 6 ta loyiha amalga oşiriladi.

Mutasaddilarga 1-oktabrgaça beş yillik dastur işlab çiqib, investorlar uçun 1 gigavatt quvvatli barqaror elektr taʼminotini yölga qöyiş topşirildi.

Uç yilda Nukus şahri, Qönğirot, Qoraözak va Taxiatoşda 1,5 ming yuqori daromadli iş örni yaratiş, bulutli texnologiyalar va sunʼiy intellekt sohasida yillik eksportni 600 mln dollarga yetkaziş vazifasi belgilandi.