Gambiyaning vatanini tark etgan sobiq prezidenti Yayya Djamme Gvineyada töxtaydi, söngra Ekvatorial Gvineyaga yöl oladi, deb xabar qilmoqda Reyter agentligi. Ğarbiy Afrika mamlakatlari iqtisodiy hamjamiyati (ĞAMIH) şunday ma'lumot tarqatgan.
19 yanvarda Gambiyaga 7 ming askarini kiritgan taşkilot amaliyotning töxtatilgani haqida bayonot berdi. ĞAMIH rahbari Marsel de Souzning Dakar şahrida bölib ötgan matbuot anjumanida aytişiça, Gambiya hududida xavfsizlikni ta'minlaş maqsadida taşkilotning ayrim kuçlari saqlanib qoladi.
18 yanvarda Gambiya parlamenti sobiq prezident Yayya Djamme vakolatlarini uzaytirgan va mamlakatda favqulodda holat joriy qilgandi. Djamme 19 yanvarda hokimiyatni saylangan prezident Adame Barrouga topşirişni xohlamagani sabab, şunday çora qöllaşga urindi. Şunga qaramay, Barrou 19 yanvarda Gambiyaning Senegaldagi elçixonasida vazifasiga kirişdi.
20 yanvarga ötar keçasi Senegal harbiylari Gambiyaga qöşinlarini kiritganini e'lon qildi. Söngra, Ğarbiy Afrika mamlakatlari taşkiloti 20 yanvar kunduzi 12:00gaça harbiy amaliyotni töxtatib turişini bildirdi. Bu Djammening hokimiyatni Barrouga tinç yöl bilan topşirişi uçun imkon beriş maqsadida amalga oşirildi. Taşkilot rahbari esa, mabodo Djamme lavozimini tark etmasa, kuç bilan ağdarilişidan ogohlantirdi.
21 yanvarda Djammening bayonot berişiça, 22 yillik boşqaruvdan söng, öz ixtiyori bilan lavozimidan voz keçişga qaror qilgan.








