Hindistonda poyezdning izidan çiqib ketişi oqibatida kamida 32 nafar inson hayotdan köz yumgan, 54 kişi yaralangan. Bu haqda mahalliy hukumatga asoslanib, NDTV telekanali xabar qilgan. 

Hindiston hukumati fojiada halok bölganlar va jabrlanganlarning oila a'zolariga moliyaviy yordam puli berilişini e'lon qildi.

“Temir yöl transportiga mas'ul bölgan yuqori lavozimli mulozimlar tergov işlarini olib borib, maxsus hisobotni taqdim etadi”, - degan temir yöl ma'muriyati vakili Anil Saksena.

Hindiston boş vaziri Narendra Modi, öz navbatida, uşbu voqeaga öz munosabatini bildirib, uni “qayğuli fojia” deb atagan. Uning aytişiça, Hindiston temir yöl vazirligi qudiruv-qutqaruv işlarini zudlik bilan ötkaziş böyiça çoralar körmoqda.