Tailandning janubiy viloyatlarida röy bergan suv toşqinlari oqibatida 85 nafarga yaqin inson hayotdan köz yumgan, yana 4 kişi bedarak yöqolgan hisoblanmoqda. Bu haqda, mamlakat IIV halokatlar markazi rahbari doktor Çatçay Promlet Uçinçi milliy telekanal efirida ma'lum qilgan. 

Ötgan haftada IIV halok bölganlar soni 80 nafarga yetgani haqida xabar qilgan edi. 

Promletning sözlariga köra, suv sathi Ranong, Krabi, Trang, Çumpxon va Paçuab Kirikxan viloyatlarida pasaymoqda. Biroq, Surattxani, Nakxon Sitxammarat, Songkla, Pxattxalung va "çet janub" viloyatlari hisoblanuvçi, Malayziya bilan çegaradoş Yalla, Narativat va Pattani viloyatlarida vaziyat jiddiy qolmoqda. Xususan, Narativatda favqulodda holat e'lon qilingan. Suv toşqinlarida 1,7 mlnga yaqin kişi u yoki bu darajada zarar körgan. 

Tailand janubidagi suv toşqinlari yangi yilning ilk kunlarida boşlangan edi. Bunga yanvar oyiga xos bölmagan kuçli va davomli yoğingarçilik kuzatilgani sabab bölgan.