23 yanvarda Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon mamlakat hukumatida navbatdagi kadrlar almaşinuvini amalga oşirdi. U hukumatning ikki a'zosini vazifasidan ozod qilgan va korrupsiyaga qarşi kuraş ma'muriyatiga yangi rahbarni tasdiqladi.
Şunday qilib, Davlat moliyaviy nazorati va korrupsiyaga qarşi kuraş agentligiga Sulaymon Sultonzoda rahbarlik qiladi. U bungaça Tojikiston boş prokuraturasida kadrlar bölimi boşliği bölib işlagan. Unga yangi vazifasida Tohir Nurzoda örinbosarlik qiladi, deb xabar qilmoqda Tojikiston prezidenti matbuot xizmati.
Bundan taşqari, Rahmonning farmoniga köra, Investitsiyalar va davlat mulkini boşqariş davlat qömitasi rahbari Qodir Qosim ham vazifasidan ozod etilgan. Uning örnini bungaça prezident apparati rahbari örinbosari bölib kelgan Fayziddin Qahhorzoda egallagan.
Transport vaziri Şerali Gandjalzoda vazir örinbosari etib tayinlangan. Vazirlik rahbarligi Toğli Badaxşon muxtor viloyati Ruşan tumani rahbari Xudoyor Zavqibekka işonib topşirilgan.
Tojikiston moliya va iqtisodiyot instituti rektori bölib işlagan Aşurboy Solihzoda Tojikiston prezidentining iqtisodiy masalalar böyiça maslahatçisi lavozimiga tayinlangan. Bu lavozimda işlagan Farrux Hamralizoda esa Hisob palatasi rahbarligiga tayinlangan. U Dilmurod Davlatzodaning örnini egallaydi.












