“Bollivud qiroli” sifatida maşhur bölgan hindistonlik aktyor Şohruh Xonning muxlislar bilan uçraşuvi paytida tiqilinç yuzaga keldi. Buning oqibatida bir kişi halok bölgan, deb xabar berdi Indian Express naşri.
Aktyor duşanba kuni keçqurun Gujarat ştatidagi Vadodara şahriga kelgan. U özining “Rais” nomli yangi filmi ekranlarga çiqişi arafasidagi reklamasi bilan şuğullanmoqda. Şohruh Xon poyezddan çiqişni istamagan hamda oynadan turib öz muxlislariga qöl silkitib, ularga radiokarnay orqali murojaat qilgan. Poyezd bekatda ön daqiqa atrofida turgaç, katta tiqilinç yuzaga kelişni boşladi. Politsiya rezina tayoqlardan foydalanişga majbur bölgan.
"Poyezd harakatlanişni boşlagaç, kişilar uning ortidan yugurişni boşladi. Tiqilinç tufayli bir kişi havo yetişmasligidan halok böldi, ikki politsiyaçi jarohat oldi", - deya ma'lum qilişgan politsiyada.
Halok bölgan insonning ismi Farid Xon Patxan ekani aniqlandi. Aktyor marhum oila a'zolariga hamdardlik bildirdi.
"Men uning uçun duodaman", - deya ma'lum qildi aktyor Dehliga yetib kelgaç.
Ma'lumot uçun, Şohruh Xon Bolivvudning eng köp haq oluvçi “yulduzlaridan” biri sanaladi. U 1965-yilda tuğilgan bölib, 1990-yillarda hind kinosining eng maşhur aktyorlaridan biriga aylandi. U “Devdas”, “Sevişganlar”, “Yagonam”, “Mening ismim Xon”, “Vir va Zara” “Çennay ekspressi” kabi maşhur filmlarda boş rolni ijro etgan.












