Latviyaning sobiq prezidenti Vayra Vike-Freyberga latviyaliklarning "nafratlanişi, ginaçiligi va hasadgöyligi"dan şikoyat qildi hamda hamyurtlaridan hafsalasi pir bölganini aytdi.

Vike-Freyberga Rigadagi birinçi örmon qabristonida "örtaga odam aralaştirib" öziga qabr joyi hozirlatib qöyganidan keyin Korrupsiyaning oldini oliş va unga qarşi kuraş byurosi köz ostiga tuşgan. 

Gap şundaki, sobiq prezident öziga qabristonda mamlakatning birinçi prezidenti qabri yonidan joy hozirlatib qöygan. Boz ustiga, bir odam uçun emas, naqd 7 kişilik joy.

Keyinroq u feysbukda tanqidiy izoh bildirib, bu voqeadan keyin uni Kanadada dafn etişgani yoki krematsiya qilişgani yaxşiroq bölişini aytgan.

"Men har doim xalqimni ideallaştirib kelganman. Prezident bölganimda mening vazifam Latviya xalqi salohiyatini uyğotiş bölgan. Gul kabi suv bilan suğorişdek. Hozir men özimga qarşi qaratilgan bu pastkaş narsalarni körayotganimdan keyin xalqimning ma'naviy va ruhiy ösişiga işonçim xavf ostida turibdi", deb aytgan sobiq prezident.

Uning aytişiça, "özga yurtda insonning oxirgi boradigan joyiga hasad qiliş fikri heç kimda paydo bölmaydi".

Vike-Freyberga 1999 yildan 2007 yilgaça Latviya prezidenti bölgan. U prezident etib saylanişidan oldin Kanadadan vataniga qaytib kelgan.