DW xabariga köra, Latviya Mudofaa vazirligi bu haqda 24-sentabr kuni maʼlum qilgan. Germaniyaning Noyburg-an-der-Donau aviabazasidagi 74-taktik aviatsiya eskadrasiga qaraşli qiruvçilar Latviya markazida joylaşgan Liyelvarde harbiy aerodromiga ötkazilgan.
Samolyotlar NATOning birlaşgan havo va raketa hujumidan mudofaa tizimini qöllab-quvvatlaş vazifalarini bajaradi.
dpa agentligi qayd etişiça, Boltiqböyi mamlakatlari havo hududi bir neça bor buzilgani fonida Riga NATOdagi ittifoqçilaridan yordam söragan.
Latviya boş vaziri Andris Kulbergs X ijtimoiy tarmoğida Germaniyaga yordam berişga tayyorligi va yaqin hamkorligi uçun minnatdorlik bildirgan. U bu qadamni NATO hamjihatligi hamda Latviya havo hududi va aholi xavfsizligini himoya qilişga umumiy sodiqlikning amaliy ifodasi deb baholagan.
NATO Estoniya, Latviya va Litva 2004-yilda alyansga qöşilganidan buyon uning şimoli-şarqiy qanotidagi havo hududini qöriqlab kelmoqda.
Rossiyaning Ukrainaga qarşi keng kölamli uruşi boşlanganidan keyin Boltiqböyi davlatlari havo hududiga uçuvçisiz uçiş apparatlari bir neça bor kirib kelgan. Xabarda qayd etilişiça, avgust oyida NATO qiruvçilari Latviya havo hududini buzgan dronni urib tuşirgan.
2026-yil dekabridan Germaniyaning Eurofighter samolyotlari NATOning Air Policing missiyasi doirasida Estoniya hududidan alyans havo hududini kuzatiş vazifasiga yana uzoq muddatga kirişadi.
2027-yil martigaça Estoniya şimoli-ğarbidagi Emari aviabazasida beşta Eurofighter qiruvçisi va ularning parvoz ekipajlari joylaştirilişi rejalaştirilgan.












