“Özbekiston” xalqaro anjumanlar saroyida 24 yanvar kuni Respublika baynalminal madaniyat markazining 25 yilligiga bağişlangan tantanali marosim bölib ötdi.
Tadbirga milliy madaniy markazlar rahbarlari va faollari, parlament va hukumat a'zolari, davlat va jamoat taşkilotlari, Özbekistonda akkreditatsiyadan ötgan diplomatik korpus vakillari taklif etildi.
Tadbir iştirokçilari avval Mustaqillik maydoniga taşrif buyurib, hurriyatimiz, porloq istiqbolimiz va ezgu niyatlarimiz ramzi bölgan Mustaqillik va ezgulik monumenti poyiga gul qöydi.
Bayram tadbiri oçiq deb e'lon qilindi.
Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyev 24 yanvar kuni milliy madaniy markazlarning bir guruh faollari bilan uçraşdi. Uçraşuv qatnaşçilari va ular timsolida köp millatli butun Özbekiston xalqini Respublika baynalminal madaniyat markazining 25 yilligi bilan samimiy tabrikladi. Davlatimiz rahbari milliy madaniy markazlar faollaridan bir guruhiga Vatanimizning yuksak mukofotlarini topşirdi.
Tantanali marosimda ana şu tadbir tafsilotlari namoyiş qilindi.
Birinçi Prezidentimiz Islom Karimov taşabbusi bilan Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992 yil 13 yanvardagi qaroriga binoan mamlakatimizda Respublika baynalminal madaniyat markazi taşkil etildi.
1992 yili Özbekistonda turli millat va elatlarning 10 milliy madaniy markazi faoliyat yuritgan bölsa, bugun ular 137 taga yetdi.
– Özbekistonda tuğildim, şu yerda ta'lim-tarbiya oldim, oilali böldim, şu buyuk va muqaddas Vatan farzandi ekanimdan faxrlanaman, – dedi Toşkent axborot texnologiyalari kasb-hunar kolleji direktori, senator, Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi Agrippina Şin. – Mamlakatimizda milliy madaniy rang-baranglik hayotimizning ajralmas qismiga aylangani barqarorlikni ta'minlaşda, jamiyatimizda demokratik islohotlarni yanada çuqurlaştirişda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Özbekistonning millatlararo munosabatlarni mustahkamlaş borasidagi katta tajribasi butun dunyoda keng e'tirof etilmoqda, köplab mamlakatlar uçun namuna bölib xizmat qilmoqda.
Respublika baynalminal madaniyat markazining 25 yilligi munosabati bilan mamlakatimizning barça hududlarida turli tadbirlar ötkazildi.
– Bugun hayotimda juda quvonçli kun, Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyev «Şuhrat» medalini köksimga taqib qöydi, – dedi Toşkent şahar «Svitanak» belorus milliy madaniy markazi raisining örinbosari Nina Şubnikova. – Özbekiston – tinçlik, totuvlik, farovonlik va baxt mamlakati. Bu muqaddas Vatanda har bir inson, millati, dini va tilidan qat'i nazar, mehnat qilsa, xalqimiz uni ardoqlaydi.
Respublika baynalminal madaniyat markazining 25 yilligiga bağişlangan katta bayram dasturida san'at ustalari va milliy madaniy markazlar badiiy jamoalari ijrosida Vatan, istiqlol, tinçlik, döstlik va hamjihatlikni tarannum etuvçi kuy-qöşiqlar yangradi.
Tadbirda Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi N.Yöldoşev, Qonunçilik palatasi Spikeri N.Ismoilov, Özbekiston Respublikasining Boş vaziri A.Aripov, Özbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatçisi X.Sultonov iştirok etdi.


















