Ikki hafta muqaddam Tehronning «Istiqlol» klubi bilan şartnoma imzolagan Server Jyeparov yangi jamoasida muammolarga duç keldi. Bu haqda Tribuna.uz naşri xabar bermoqda.

Manbaga köra, tehronliklar jamoaning germaniyalik sobiq futbolçisi Odil Çixiga şartnomada körsatilgan pulni töliq tölaşmagan uçun FIFA yanvar oyidagi transfer paytida «Istiqlol» klubiga yangi futbolçilarni röyxatdan ötkazişni taqiqlaş borasida qaror qabul qildi. Qarorga köra, «Istiqlol» qaror yuzasidan apellyatsiya beriş huquqiga ham ega bölmaydi.

«Istiqlol» yanvarda Server Jyeparov va Andranik Teymuryan bilan şartnoma imzolaşga ulgurgandi. Biroq endilikda jamoa bu futbolçilarni Eron çempionati va OÇL musobaqalarida röyxatdan ötkaza olmaydi.

Eslatib ötamiz, Jyeparov «Istiqlol» bilan bir yarim yillik şartnoma imzolagandi.