«Buxoro» maslahatçi-murabbiyi sifatida klub rasmiy saytida taniştirilgan Vadim Abramov aslida bu lavozimda rasman işlamasligi haqida gapirib ötdi.

«Buxoroliklar meni taklifim bilan Uluğbek Baqoyevni boş murabbiy sifatida tayinlaşdi va mendan yordam berişimni söraşdi. Öz örnida men ham bundan xursandligimni, Baqoyev Buxoro futboli uçun begona emasligini, lozim bölsa, imkon qadar qölimdan kelgança yordamimni ayamasligimni aytdim.

Men şunçaki Uluğbek Baqoyevga yordam beraman. Oldin aytilganidek maslahatçi murabbiy bölib işlamayman. Klubda rasman faoliyat olib bormayman. Şunçaki Baqoyevga çempionat boşlanguniga qadar yordam beraman. Mavsum boşlanişiga oz vaqt qoldi, şu bois komplektatsiya va boşqa istalgan savollarni yeçişga yordam beraman.

Agar boşqa klublardan taklif tuşadigan bölsa, ularni körib çiqişga tayyorman. Ma'qul taklif bölsa, men aniq öşa taklifni qabul qilaman. Şunday ekan, men klubga ham, sizga ham töğrisini aytayapman. Birovni aldaş menga begona. Ayni damda Uluğbek Baqoyevga qölimdan kelganiça yordam beraman. Yangi klublardan taklif tuşgan taqdirda, körib çiqaman. Takliflar uçun oçiqman», deya Abramovning sözlarini keltiradi «Erudit-Sport».