Qirğiziston Prezidenti Almazbek Atambayev Bişkekda samolyotning aviahalokatga uçraşi oqibatida halok bölgan insonlarning oila a'zolari bilan uçraşdi. Davlat rahbari uçraşuv davomida fojia sabab uyini yöqotganlarni tezkor ravişda boşpana bilan ta'minlaş zarurligini aytgan.

Prezident Almazbek Atambayevning şaxsan özi marhumlar haqiga duo qilgan. Bu haqda davlat rahbarining matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ma'lumot örnida Turkiya kompaniyalaridan biriga tegişli Boeing 747-400 samolyoti Bişkekdagi “Manas” xalqaro aeroportining uçiş-qöniş qismidan 1,5 km uzoqlikda falokatga uçragan. Samolyot aeroport yaqinidagi qişloq ustiga tuşdi. Buning oqibatida 32ta uy vayron böldi. Sönggi ma'lumotlarga köra, uşbu fojiada 43 kişi nobud bölgan.