8-oktabr kuni Bişkekning Pervomayskiy rayon sudi Qirğiziston sobiq prezidenti Almazbek Atambayevning öğli Kadirbek Atambayevni ommaviy tartibsizliklarga tayyorgarlik köriş işi böyiça aybdor deb topib, mol-mulkini musodara qilgan holda 4 yilga ozodlikdan mahrum etdi.
Iş doirasida Sotsial-demokratlar partiyasi yetakçisi Temirlan Sultanbekov esa 7 yilga qamoq jazosiga hukm qilingan. Bunda unga nisbatan saylovçilarni sotib oliş işi böyiça çiqarilgan oldingi hukm ham hisobga olingan.
Sobiq deputat Ermek Ermatov jinoyatda yaşirişda aybdor deb topilgan va unga bir yillik probatsiya (ozodlikdan mahrum etiş bilan boğliq bölmagan jazo) qöllanib, şartli ravişda ozod etilgan.
Yana bir sobiq deputat Kubaniçbek Kadirov esa oqlangan.
Qozoğiston fuqarosi Serikbay Qoplonbek bir yil-u töqqiz oy muddatga ozodlikdan mahrum etildi, biroq qamoqda saqlaş davrida bu muddatni ötab bölgani tufayli ozod etildi. U Qirğiziston hududidan çiqarib yuboriladi.
Yana bir figurant, Qirğiziston va Qozoğiston fuqaroligiga ega bölgan Abduraxim Abdraxmanov hokimiyatni bosib olişga tayyorgarlik körişga daʼvatçi deb topildi. Unga mol-mulki musodara qilinib, ikki yil muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlandi, biroq boşqa işlar böyiça hukmlarni hisobga olgan holda, umumiy jazo muddati 8 yilni taşkil etdi.
Sud jarayoni yopiq rejimda ötkazilgan.
Figurantlar nimada ayblangandi?

2025-yil 24-noyabr kuni, 30-noyabrga belgilangan parlament saylovlari arafasida Qirğiziston IIV Kadirbek Atambayev va uning tarafdorlari qölga olingani haqida xabar bergandi. Ularga nisbatan «Ommaviy tartibsizliklar uyuştirişga tayyorgarlik köriş» moddasi böyiça ayblov eʼlon qilingandi. Tintuvlar davomida «qurol-yaroğ, öq-dorilar, granatalar, aloqa vositalari, moliyalaştiriş hujjatlari, harakatlar rejalari, giyohvand moddalar, şuningdek, 150 ming dollar miqdoridagi pul mablağlari musodara qilingani» aytilgandi.
Içki işlar vazirligi bayonotiga köra, hibsga olinganlarning barçasi «respublika parlamentiga saylov natijalari sarhisob qilingandan söng ommaviy norozilik körinişini yaratişga intilib, bir qator mitinglar ötkazişni» rejalaştirgan. Xususan, idora versiyasiga köra, qölga olinganlar «konstitutsiyaga zid talablar» qöyiş va «maʼmuriy binolar, telekanallar, kuç tuzilmalari obyektlari, qurol-yaroğ va jazoni ijro etiş muassasalarini egallab olişga uriniş»ni amalga oşirmoqçi bölgan. Uşbu harakatlarni «jinoiy unsurlar» – uyuşgan jinoiy guruhlar va sport hamjamiyatlari kuç bilan qöllab-quvvatlaşi közda tutilgandi.

















