Venesuela boş prokurori Luisa Ortega Dias Karakas sudiga murojaat qilib, Dolar Today saytining faoliyatini zudlik bilan töxtatiş borasida körsatma berişni söragan. Bu sayt Amerika milliy valyutasi dollarning mahalliy valyutaga nisbatan "qora kursi"ni e'lon qiladi.
Hozirda, Venesuelada milliy pul bolivarning dollarga nisbatan bir neça kursi bor. DIPRO böyiça belgilangan kursga köra 1 dollar 10 bolivarga teng bölsa, qöşimça almaşiş tizimi DICOM böyiça 1 dollar 678 bolivarga teng. Ammo, bu ikkisi ham "qora bozor" körsatkiçidan ança past bölib, bu yerda bir dollar 3,6 ming bolivarga teng.
Ortega Diasning sözlariga köra, prokuraturaga saytning işlaşiga doir köplab şikoyatlar kelib tuşmoqda, uning faoliyatini suriştiriş işlari 2015 yil iyun oyidayoq boşlangan. Aniqlanişiça, sayt AQŞda röyxatdan ötgan, uning serverlari ham öşa mamlakatda joylaşgan, deb yozadi Noticias24 portali.












