AQŞ prezidenti Donald Tramp 29-avgust kuni Truth Social ijtimoiy tarmoğida Vaşington va Venesuela örtasida yirik neft bitimi tuzilganini eʼlon qildi.

Trampning taʼkidlaşiça, kelişuv natijasida AQŞ Janubiy Amerika mamlakatining neft zaxiralarining beşdan bir qismi ustidan nazoratga ega böladi.

«Uşbu tarixiy bitim Amerikaning neft zaxiralarini ikki baravardan ham köproq oşiradi, neft taʼminotimizni sezilarli darajada kengaytiradi va barça amerikaliklar uçun benzin narxini uzoq yillarga jiddiy pasaytiradi», - deya yozgan Tramp.

AQŞ prezidenti kelişuvning batafsil şartlarini oçiqlamagan.

Gap 65 mlrd barreldan ortiq neft haqida ketmoqda

Trampning maʼlum qilişiça, AQŞ Venesueladagi 65 mlrd barreldan ortiq tasdiqlangan neft zaxiralari ustidan nazorat oladi. Uning sözlariga köra, bu xususiy kompaniyalar bilan hamkorlik orqali amalga oşiriladi va amerikalik soliq tölovçilar uçun heç qanday xarajat talab qilmaydi.

Tramp bitimni imzolaş jarayonida AQŞ davlat kotibi Marko Rubio, mudofaa vaziri Pit Hegset va Venesuelaning muvaqqat prezidenti Delsi Rodriges iştirok etganini bildirdi.

Sönggi bir neça hafta davomida Vaşington va Karakas Amerika kompaniyalariga Venesueladagi qator neft konlaridan uzoq muddat foydalaniş imkoniyatini beriş masalasida muzokaralar olib borgan. Bundan közlangan maqsad qazib olinadigan xom neftning AQŞga barqaror yetkazib berilişini taʼminlaş bölgan.

Venesuela dunyodagi eng yirik tasdiqlangan neft zaxiralariga ega mamlakat hisoblanadi. Biroq köp yillik investitsiya tanqisligi, samarasiz boşqaruv va sanksiyalar sabab mamlakatning neft qazib oliş hajmi mavjud zaxiralariga nisbatan ança past darajada qolmoqda.

Maʼlumotlarga köra, hozir Venesuelada kuniga taxminan 1,25 mln barrel neft qazib olinadi.

Hozirça Venesuela tomoni Tramp eʼlon qilgan kelişuv şartlari va AQŞning 65 mlrd barreldan ortiq neft zaxiralari ustidan nazorati qanday mexanizm asosida amalga oşirilişi haqida batafsil maʼlumot bermagan.