Fan-texnika | 11:59 / 28.01.2017
9210
2 daqiqa o‘qiladi

Internetda McLaren yangi superkarining ilk suratlari paydo bo‘ldi

Internetda McLaren kompaniyasi yangi superkarining niqobsiz tasvirlangan ilk suratlari paydo bo‘ldi. Ushbu suratlarni modelning yopiq taqdimotidan Autoweek nashri chop etdi.

Ushbu surat kim tomonidan va qachon olingani noma'lum. Yangi superkarning birinchi ommaviy namoyishi Jyenevadagi avtosalonda mart oyida bo‘lib o‘tadi.

Avvalroq McLaren yangi modelning paydo bo‘lishini tasdiqlagandi. Hozirda 650S kupesi o‘rniga keluvchi superkar P14 indeksini olgan. Taxmin qilinishicha, modelning seriyali nusxasi 720S deb ataladi. 

Yangi mashina asosida ugleplastik Monocage II monokokki yotadi. Modelning massasi avvalgi shunga o‘xshash jihozlanishga ega modeldan taxminan 18 kg ga yengillashadi. McLaren 720S superkari 720 ot kuchiga ega 3,8 litrli dvigatel bilan jihozlanadi. 

Yangi superkar, shuningdek, poyga avtomobillari kabi asboblar paneli bilan jihozlanadi. Taxmin qilinishicha, mashinaning trek rejimida asboblar panelining bir qismi old panelga olinadi hamda haydovchiga faqatgina muhim ma'lumotlar: dvigatelning tirsakli vali oborotlari va tanlangan uzmatani ko‘rish imkoniyatini qoldiradi.  

Mavzuga oid