Malayziya qirğoqlari yaqinida bortida 31 kişi, jumladan 20 nafar xitoylik sayyoh bölgan kema yöqolib qoldi. Bu haqda Xitoy boş konsulligida ma'lum qilindi, deb xabar bermoqda "Sinxua" axborot agentligi.
Kema Kota-Kinabalu şahridan Şabax ştatidagi orolga ketayotgan bölgan. Kema bilan aloqa 28 yanvarda yöqolib qolgan. Ayni vaqtda qidiruv-qutqaruv işlari olib borilmoqda va unda kema hamda vertolyotlar iştirok etmoqda. Qidiruv hududi 400 dengiz kvadrat milini qamrab olgan.
Kema yöqolişi sabablari noma'lum, biroq ma'lum qilinişiça, 28 yanvarda kema yöqolgan hududda kuçli tölqinlar kuzatilgan.












