Sinov uçun avval AQŞ Harbiy-dengiz kuçlari foydalangan, keyinçalik ekipajsiz boşqaruvga moslaştirilgan kema tanlangan.
HD Korea Shipbuilding & Offshore Engineering - HD KSOE uni VAone avtonom boşqaruv majmuasi bilan jihozlagan. Anduril esa vazifalarni mustaqil bajarişga möljallangan Lattice platformasini taqdim etgan.
Ikki tizimning birgalikdagi işi kemaning dengizdagi vaziyatni hisobga olib harakatlanişi va topşiriq şartlari özgarganda öz harakatlarini moslaştirişini namoyiş etgan.
Sinovlar davomida safda harakatlaniş hamda uskunalar işdan çiqişi imitatsiya qilingan favqulodda vaziyatlar maşq qilingan. Mutaxassislar kemaning texnik nosozliklar va ehtimoliy şikastlanişlarga qanday javob berişini, bunday şaroitda vazifalar bajarilişini nazoratda saqlay olişini baholagan.
Operatorlar va kuzatuvçilar jarayonni qirğoqdagi boşqaruv punktidan masofadan kuzatgan. Töğridan töğri videotranslyatsiya kema harakatlarini köriş va uning doimiy inson aralaşuvisiz işlaşini baholaş imkonini bergan.
Namoyiş etilgan texnologiyalar kelajakda AQŞ Harbiy-dengiz kuçlari operatsiyalarida qöllanişi mumkin. Sinov HD Hyundai va Anduril’ning Amerikadagi ekipajsiz suv usti kemalari dasturlarida iştirok etiş imkoniyatlarini kuçaytirişga qaratilgan.
Kompaniyalar bunday dengiz platformalariga talab ortib borayotgani fonida xalqaro bozordagi faoliyatini ham kengaytirişni rejalaştirmoqda.

















