The War Zone naşri yozişiça, taxminan bir oy avval Şanhaydagi Çansindao oroli verfida ğayrioddiy kema qurilişi yakunlanişga yaqinlaşgani haqida xabarlar paydo bölgan. Uning konstruksiyasi suvosti uçuvçisiz apparatlarini joylaştiriş, suvga tuşiriş va ularga xizmat körsatiş uçun moslaştirilgan bölişi mumkin.

Guançjouda olingan yangi tasvirda umumiy körinişi şanxaylik kemaga juda öxşaş, ammo kiçikroq kema aks etgan. Dastlabki baholarga köra, u avvalgisidan taxminan uçdan birga kiçik. Korpus şaklida ham ayrim farqlar bor.

Yangi kemada oltita kötariş minorasi körinadi. Şanhaydagi yirikroq kemada esa oltita katta va oltita kiçik konstruksiya mavjud. Ikkala loyihada ham oldingi ustqurma ortida parvoz palubasi va angar joylaşgan, tutun quvurlarining örni ham öxşaş.

Hozirça bu kemalar, avvalo, tajriba platformalari sifatida baholanmoqda. Ularning aniq vazifalari va imkoniyatlari haqida oçiq maʼlumotlar çeklangan.

Bunday kemalar yirik suvosti dronlarini Xitoy sohillaridan uzoq hududlarga olib boriş, suvga tuşiriş, qaytarib oliş va texnik xizmat körsatiş imkonini berişi mumkin. Bu uzoq vaqt mustaqil patrullik qila oladigan apparatlardan foydalanişni osonlaştiradi.

Katta masofaga harakatlana oladigan suvosti dronlari dengiz tubini xaritalaş, minalarni qidiriş, suvosti kemalari va suv ustidagi nişonlarni aniqlaş kabi vazifalarni bajarişi mumkin. Istiqbolda bunday apparatlardan qanotli raketalar yoki boşqa dronlarni uçiriş uçun foydalaniş ehtimoli ham muhokama qilinmoqda. Biroq bu imkoniyatlar aynan suratdagi kemalar yoki ular taşiydigan apparatlarda mavjudligi tasdiqlangan emas.

Materialda bunday flotning kengayişi Xitoyning Tinç okeanidagi uzoq hududlarda operatsiyalar ötkaziş imkoniyatlarini oşirişi mumkinligi taʼkidlangan. AQŞ obyektlariga ehtimoliy tahdid haqidagi mulohazalar esa hozirça uşbu texnologiyalarning kelajakdagi qöllanişiga oid baholardir.