Osiyo Çempionlar Ligasi–2017 turniri ötiş bosqiçida «Nasaf» jamoasi Bahraynning «Al-Hidd» klubiga qarşi bahs olib boradi. Mazkur öyin oldidan bölib ötgan matbuot anjumanida «Al-Hidd» boş murabbiyi Muhammad Al-Şamlan va himoyaçi Sayid Muhammad Adnan öz fikrlari bildirib ötdi.
«Avvalo Özbekistonga taşrif buyurganimdan va bu yerdagi mehmondorçilikdan mamnunman. Taşkilotçilarga alohida minnatdorçilik bildirmoqçiman. Öyin biz uçun juda muhim sanaladi. Mening jamoaga kelganimga atigi 3 hafta böldi. «Nasaf» öyinlarini tahlil qildik, ular OÇLda katta tajribaga ega ekanini ham bilamiz. Özbekistonda mavsum boşlanmadi va bu bizga kiçik ustunlik beradi, degani emas. Raqibni hurmat qilamiz, ammo biz öz kuçimizga işonamiz. Bizda maqsad bor va keyingi bosqiçga çiqişga harakat qilamiz. «Nasaf»ni yutiş biz uçun sensatsiya bölmaydi. «Al-Hidd» ham saviyali va tajribali jamoa. Raqib tarkibidagi singari bizda kuçli futbolçilar bor», – dedi Muhammad Al-Şamlan.
«Murabbiy aytilişi kerak bölgan barça gaplarni aytdi. Men heç qanday qöşimça qilmayman. Nima uçun kelganimizni ertaga maydonda körsatamiz», – dedi Sayid Muhammad Adnan.
«Nasaf» – «Al-Hidd» uçraşuvi 31 yanvar kuni Toşkentdagi «Bunyodkor» stadionida soat 16:00da boşlanadi.
Röziqul Berdiyev «Nasaf»ning OÇL guruh bosqiçiga ötiş öyinidagi raqibi kuçiga baho berdi












