Superligada hakamlik mojarosi. PFL hakamlar markazidan VAR yozuvini söradi
|02:37 / 11.04.202611 96710 min
«Qöqon-1912» – «Nasaf» öyinida yuzaga kelgan bahsli holatdan keyin ötkazilgan şoşilinç yiğilişda PFL boş direktori Diyor Imomxöjayev VAR tizimi öyinlarda adolatli qaror çiqarişga kömaklaşiş örniga, ayrimlarning manfaatlariga xizmat qilayotgandek taassurot uyğotayotganini qayd etdi. Liga futbol hakamlari markazi (ÖzFHM)dan VAR bilan boğliq audioyozuvlarni berişni talab qildi.
Foto: PFLFoto: PFL
Futbol böyiça Özbekiston çempionatida navbatdagi hakamlik mojarosi avj olmoqda. ÖzPFL ijroiya qömitasi navbatdan taşqari yiğiliş ötkazib, ÖFA birinçi vitse-prezidenti Ravşan Ermatovga tegişli holatlar yuzasidan rasman şikoyat kiritişga qaror qildi.
Özi nima böldi?
8 aprel kuni Özbekiston çempionatining 6-turi doirasida «Nasaf» Qöqonda mezbonlarga qarşi maydonga tuşib, öyin oxirlarida penaltidan ötkazib yuborilgan gol tufayli ğalabani qöldan çiqardi (1:1).
78-daqiqada röy bergan epizodda «Qöqon-1912» klubi hujumçisi Silvanus Nimeli raqib jarima maydoni içida darvozabon Abduvohid Ne’matov bilan kontaktdan keyin yiqilgan.
Öyinni boşqargan Rustam Lutfullin bu holatda qoida buzilmagan deb hisoblagan va töpni mehmonlar öyinga kiritişi kerakligini körsatgan. Ammo şundan keyin vaziyatga VAR xonasida ötirgan videohakam Ibrohim Ismoilov aralaşgan va boş hakam monitor qarşisiga borib, uzoq çözilgan tekşiruvdan keyin qarorini özgartirgan hamda 11 metrlik nuqtani körsatgan.
Holbuki bu vaziyat videosida Ne’matov töpga birinçi bölib ulgurgani va uning yönalişini özgartirgani, şundan keyingina qöqonliklar hujumçisi unga kelib urilganini köriş mumkin.
«Nasaf» boş murabbiyi Röziqul Berdiyev hamda jamoa futbolçilari bu qarordan norozi bölib, hakamga keskin ohangda e’tiroz bildirişgan, natijada Berdiyevga qizil kartoçka körsatilgan.
U esa jamoasini maydondan olib çiqib ketmoqçi bölgan va öyin ma’lum vaqt töxtab qolgan.
Öyin davom ettirilgaç, belgilangan penaltini Toma Tabatadze aniq ijro etdi va hisobni tenglaştiradi. Qarşiliklar jamoasi esa oçko yöqotiş tufayli turnir jadvalida 6-öringa tuşib ketdi.
Öyindan keyin ÖFA qoşidagi Ekspert hakamlar guruhi bahsli vaziyat yuzasidan xulosa berib, VAR hakami tomonidan uşbu vaziyatga aralaşuvni, şuningdek, boş hakam Rustam Lutfullin tomonidan penalti belgilaş qarorini xato deb topdi.
Mavzuga oid
Jurnalist Olimxöja Böronov öz-telegram kanalida agar hakamlar oçiqçasiga «Nasaf»dan 2 oçkoni tortib olgani isbotlansa, bahsli vaziyatda hakamga öz e’tirozi bildirişi ortidan sariq kartoçka olgan Umarbek Eşmurodov va Ğolib Ğaybullayev hamda qizil kartoçka olgan Röziqul Berdiyevdan mazkur intizomiy çoralarni bekor qiliş kerakligini ta’kidladi.
«Şunda kiçik bölsa-da adolat tiklanadi. Axir «Nasaf»ga 2 oçkoni qaytarib berişning endi imkoni yöq», – deydi u.
PFLda şoşilinç yiğiliş
9 aprel kuni Özbekiston Professional futbol ligasi Ijroiya qömitasining navbatdan taşqari yiğilişi bölib ötdi. Unda qömitaning 9 nafar a’zosidan 8 nafari iştirok etdi.
Yiğiliş kun tartibiga Superliga hakamlari tomonidan qabul qilinayotgan bahsli qarorlar, futbol jamoatçiligining bunga munosabati hamda VAR tizimi bilan boğliq tuşunarsiz holatlar kiritilgan.
Diyor Imomxöjayev
Yiğilişni oçib bergan Liga boş direktori Diyor Imomxöjayev sönggi vaqtlarda qator şubhalarni keltirib çiqargan holatlarni qayd etgan. Jumladan, 2025 yilgi Özbekiston kubogining final uçraşuvi va 2026 yilgi Özbekiston Superkubogi öyiniga Liga tomonidan katta tayyorgarlik körilgan va taşkilotçilik yuqori saviyada bölsa-da, oxir-oqibat bu öyinlar hakamlik mojarolari bilan yodda qolgani ta’kidlangan.
PFL boş direktori VAR tizimi öyinlarda adolatli qaror çiqarişga kömaklaşiş örniga, şubhali manfaatlarga xizmat qilayotgandek taassurot uyğotayotganini qayd etgan.
«Biz bilgan va işonayotgan VAR tizimi murakkab hisoblangan hakamlik faoliyatiga yordam beriş, bahsli holatlarni oçib beriş va ularni qayta talqin qiliş hamda odilona qaror qabul qilişda hakamlarga kömakçi bölişi lozim. Ilgari VAR 4 dona kamera yordamida işlayotgani, mazkur masala takroriy lavhalarni qayta körib çiqişda hakamlarga qiyinçilik tuğdirayotgani ma’lum edi.
Liga mazkur yönalişda iş olib borib, ötgan mavsum özining ilk köçma televizion stansiyasini xarid qildi va uni vodiydagi futbol uçraşuvlariga jalb qildi. Endilikda, vodiyda ötayotgan öyinlar nafaqat teletomoşabinlar talab va istaklaridan kelib çiqqan holda suratga tuşirilmoqda, balki turli rakurslardan berilayotgan sifatli takroriy lavhalar bilan hakamlarga ham katta kömakçi bölmoqda.
Şunga qaramay, VAR aralaşgan holatlardan keyin ham hakamlarning şubhali qarorlari töxtayotgani yöq. Liga nazdida VAR odilona qaror çiqariş uçun kömaklaşişdan köra, kimlarningdir manfaati uçun xizmat qilayotgan maşinaga aylanib qolayotgandek.
Biz bu kabi masalalarga yo qarşi turişimiz yoki bu kabi holatlar davomiy bölişiga könikişimiz kerak. Mamlakatimiz rahbari futbolni rivojlantirişga boş-qoş bölayotgan, ÖFA prezidenti unda şaffoflik va adolat bölişi lozimligini bir neça bor ta’kidlayotgan vaqtda Liga va klublar bu siyosatni qöllaşimiz, futboldagi illatlarga beparvolik bilan emas, öz pozitsiyamiz bilan javob berişimiz şart», – deydi Diyor Imomxöjayev.
Qayd etilişiça, PFL va hakamlar markazi örtasidagi şartnomaning 3.1-bandida musobaqalarda faoliyat olib borayotgan hakamlar jamoasining şu musobaqa doirasidagi özaro hamda klub rasmiylari bilan maxsus texnikalar va VAR uçun yozib olingan audioyozuvlarni talab qiliş Liga huquqi sifatida belgilangan.
«Qöqon-1912» — «Nasaf» uçraşuvida yuzaga kelgan bahsli holatdan keyin Liga ÖzFHMdan VAR bilan boğliq audioyozuvlarni talab qilgan, lekin markaz turli bahonalar bilan mazkur jarayonni paysalga solgan va bu bilan şubhalarni oşirgan. Şundan kelib çiqib, Liga ÖFA prezidentiga mazkur holatlar böyiça rasman şikoyat kiritişga qaror qilgan.
«Bizni ajablantirgan jihat şundaki, «Qöqon-1912» – «Nasaf» uçraşuvining 78-daqiqasida röy bergan holatni boş hakam Rustam Lutfullin dastlab töğri baholab, öyinni davom ettirdi. Keyinçalik VAR hakami Ibrohim Ismoilov vaziyatni qayta körib çiqiş böyiça taklif kiritdi.
Yakunda hakam öz qarorini özgartirdi. Biroq öşa kunning özida Ekspert hakamlar guruhi holatga zudlik bilan reaksiya bildirib, VAR bu kabi holat uçun boş hakamni çaqirib adaşgani, şuningdek, holat böyiça boş hakam xato qaror qabul qilganligini qayd etdi», – deya sözida davom etdi Liga rahbari.
Superliganing ötgan mavsumi 15-turidan örin olgan «Dinamo» — «Nasaf» uçraşuvida ham bahsli holat röy berib, öşanda ham Rustam Lutfullin «Nasaf» darvozasiga şubhali penalti belgilagani eslatib ötilgan.
Ijroqöm a’zolari ÖzFHM bilan özaro şartnomaning 3.1-bandi asosida Rustam Lutfullin va Ibrohim Ismoilovni mavsum söngiga qadar Superliga, Proliga, Özbekiston kubogi kabi musobaqalardan çetlaştiriş böyiça ÖzFHMga rasmiy sörov kiritiş böyiça qaror qabul qilgan.
Şuningdek, uşbu hakamlarning mavjud xalqaro toifaga munosib ekanini örganiş masalasida ÖFA prezidentiga murojaat kiritiladi.
Bundan taşqari, murojaatda ÖzFHM Liganing qonuniy talabini nima sababdan bajarmayotgani, şuningdek, VAR texnikasi va VAR markazining faoliyatida şaffoflikni yanada oşiriş uçun undagi barça jarayonlar konfidensiallikni ta’minlaş hamda VAR protokoli şartlariga töliq rioya etilişi şartida yanada jiddiyroq nazorat qilinişi lozimligi ta’kidlangan.
«Liga mamlakatimiz rahbarining bevosita taşabbuslari bilan bunyod etilgan Milliy futbol markazi va unda taşkil etilgan zamonaviy VAR markazi mamlakat futbolini yangi bosqiçga olib çiqişda muhim qadam ekanini e’tirof etadi. Işonamizki, Liga Ijroiya qömitasi tomonidan hakamlik borasida bildirilgan e’tirozlar ÖzFHM tomonidan tanqidiy ruhda örganib çiqiladi», – deyiladi xabarda.
ÖzFHM munosabati
ÖzFHM matbuot xizmati esa FIFA hamda IFAB talablariga muvofiq, VAR jarayoniga oid içki audioyozuvlarni uçinçi tomonlarga taqdim etiş taqiqlanişini ma’lum qildi.
«Superliga 6-turi doirasida ötkazilgan «Qöqon-1912» — «Nasaf» uçraşuvida yuzaga kelgan bahsli vaziyat yuzasidan Ekspert hakamlar guruhi tomonidan tegişli xulosa e’lon qilingandi.
Özbekiston futbol hakamlari markazi (ÖzFHM) futbolning yaxlitligi va halolligini ta’minlaş yölida tegişli taşkilotlar bilan doimiy hamkorlikda faoliyat olib boradi. Şu bilan birga, markaz oçiqlik va şaffoflik tamoyillariga amal qilgan holda, har bir tur yakuniga köra bahsli vaziyatlar böyiça muntazam ravişda xulosalar berib boradi.
Amaldagi FIFA hamda IFAB talablari va reglamentlariga muvofiq, VAR jarayoniga oid içki audioyozuvlar (hakamlar örtasidagi muloqotlar)ni uçinçi tomonlarga taqdim etiş taqiqlanadi. Uşbu materiallar hakamlik faoliyatiga oid içki xizmat hujjatlari sifatida foydalaniladi.
Şu bilan birga, oçiqlik tamoyillaridan kelib çiqib, uşbu vaziyatni Özbekiston Professional futbol ligasi hamda «Nasaf» futbol klubi vakillari iştirokida ÖzFHMda körib çiqiş imkoniyati mavjud. Uşbu jarayondagi epizod barça texnik materiallar asosida birgalikda tahlil qiliş va tuşintirib beriş imkoniyati mavjud.
ÖzFHM tomonidan ommaviy axborot vositalari vakillari uçun taşkil etiladigan maxsus seminarlar davomida ham öyinlardagi turli vaziyatlar muntazam tahlil qilib borilmoqda. Şuningdek, «Qöqon-1912» – «Nasaf» uçraşuvidagi mazkur epizod ham OAV vakillari bilan birgalikda tahlil qilinadigan navbatdagi debrifing yiğilişi rejasiga kiritilgan», – deyiladi xabarda.