Hindistonning Uttar-Pradeş ştatida qurilayotgan olti qavatli bino qulab tuşişi oqibatida beş kişi halok böldi, 40ga yaqin inson vayronalar tagida qolmoqda, deb xabar berdi ANI agentligi mahalliy hukumatga asosan.

Hodisa Kanpur şahri çetida çorşanba kuni yuz bergan. Voqea joyida favqulodda vaziyatlar böyiça Milliy kuçlar xizmatçilari işlamoqda.

Ayni damda vayronalar tagidan uç kişi qutqarib olingan. Mahalliy hukumat ma'lumotiga köra, yana 30-40 nafar inson vayronalar ostida qolayotgan bölişi mumkin.

Hodisa sabablari tekşiruvdan ötkazilmoqda, taxminiy ma'lumotlarga köra, bir yildan beri qurilayotgan bino zaif asos sabab qulab tuşgan bölişi mumkin.

Ma'lumot uçun, Hindistonda turar-joy binolari qulab turişi tez-tez uçrab turadi – ular orasida qurilayotgan ham, qurilişi bitgan binolar ham bor. Aksariyat vaziyatlarda bunday holatlar qurilişdagi xavfsizlik normalariga amal qilmaslik, sifatsiz quriliş mahsulotlaridan foydalaniş sabab kuzatiladi.