Ruminiya poytaxti Buxarest şahri köçalariga 100 mingdan ortiq inson hukumatga qarşi norozilik namoyişlariga çiqdi. Bu jinoyat kodeksining özgartirilişi va mahbuslarni amnistiya qiliş haqidagi qaror bilan boğliq, deb xabar berdi mahalliy OAV.

Ruminiyaning agerpres.ro agentligi ma'lum qilişiça, Buxarestdagi hukumat binosi yonidagi piketlarda 100 mingdan ortiq inson qatnaşmoqda. Ular “Öğrilar!”, “Iste'foga çiqiş!”, “Amnistiyaga yöq” deb hayqirişmoqda.

Şuningdek, mamlakatning boşqa yirik şaharlari - Kluj-Napoka, Galats, Yassa, Sibiu, Timişoara va Bakeuda ham norozilik namoyişlari avj olgan. Digi24.ro portalining xabar berişiça, köçalarga umumiy hisobda 140 ming kişi çiqqan.

Mahalliy OAVning ta'kidlaşiça, bu Ruminiyada sönggi 25 yil davomidagi eng yirik norozilik aksiyasidir. Ruminiya fuqarolari hukumat tomonidan yangi tuzatişlar kiritilişi oqibatida poraxörlikda ayblangan amaldorlar, şuningdek, bir qator xavfli jinoyatçilar ozodlikka çiqarilişidan taşvişda.

Hukumat binosi yonida jamoat tartibini saqlaş uçun politsiya tizmasi şakllantirildi. Xabar qilinişiça, poytaxtning bir neça köçalarida harakat murakkablaşgan. Norozilik namoyişi tinç ruhda ötmoqda.

Ruminiyada bunday norozilik aksiyalarining birinçi tölqini 22 yanvar kuni röy berdi. Öşanda aksiyada qatnaşganlar umumiy soni 20 ming kişidan oşmadi. Bir hafta ötib esa turli şaharlar köçalariga deyarli 100 ming fuqaro çiqdi.

Avvalroq boş vazir Sorin Grindyanu tölib-toşgan qamoqxonalarni biroz bölsa-da böşatiş uçun bir qator mahbuslarni amnistiya qilişni taklif qilgandi. Prezident Klaus Yoxannis esa bunga qarşi çiqdi. Muxolif Milliy-liberal partiya çorşanba kuni vazirlar mahkamasiga işonçsizlik bildiriş taşabbusi bilan çiqqan.

Ma'lumot uçun, amnistiyaga 60 yoşdan katta kişilar, homilador ayollar, yoş bolalari bölgan mahbuslar tuşişi mumkin. Şuningdek, jazo muddati beş yildan ortiqni taşkil etmaydiganlar ham ozodlikka çiqişi ehtimolga yaqin.