Çilida ayni vaqtda örmon yonğinlariga qarşi kuraş davom etmoqda. Bir neça haftadan buyon mamlakat markazi va janubidagi hududlar olov içida qolgan.
Mahalliy işçilardan biri olovli hududdan çiqib kelayotgan öt öçiruvçilarni körganida ularga yordam berişga oşiqadi va ularning yölidagi panjarali tösiq eşigini buziş uçun zör berib urinadi. Lekin keyin ma'lum bölişiça bu tösiqning eşigi qulflangan bölsada, uni aylanib ötiş mumkin edi. Yoş yigit bor kuçi bilan eşikni buzişga urinayotganida içkaridagi öt öçiruvçilar panjarali devorning oçiq qismidan ötib çiqib kelişadi. Qahramonlik qilişga harakat qilgan yigit esa ijtimoiy tarmoqlarda yengil kulgiga sabab böldi.











