«Vera K. Rubin» observatoriyasi jamoasi dunyodagi eng katta teleskop tomonidan olingan birinçi suratlarni naşr etdi. Çilidagi And toğlarida joylaşgan observatoriya qurilişiga 15 yil sarflangan. U millionlab mayda kosmik jismlarni, masalan, yangi asteroidlarni suratga olişga qodir bölişi kutilmoqda.

Teleskop tomonidan olingan birinçi tasvirlardan ba’zilari Somon yölidagi tumanliklarning fotosuratlari bölib, ular 7 soat davomida olingan 678 ta alohida kadrdan yasalgan. CNN xabariga köra, ular ilgari örganilmagan gaz va çang bulutlari hisoblanadi.

Teleskopning dizayni unga yulduzli osmonning aniq tasvirlarini oliş imkonini beradi: sezgir kamera va yoruğlikni bir neça marta aks ettiruvçi 8,4 m balandlikdagi oyna.

Foto: Rubin Observatory
Foto: Rubin Observatory
Foto: Rubin Observatory
Foto: Rubin Observatory

Observatoriya 4 iyuldan rasmiy faoliyatini boşlaydi. Boşqa teleskoplar har yili 20 mingga yaqin asteroidni aniqlasa, Rubin observatoriyasi faoliyatining dastlabki ikki yilida millionlab bunday obektlarni qayd etişi mumkinligi da’vo qilinmoqda.

«Rubin bizga Somon yölidagi galaktikalar va yulduzlarni, quyoş tizimidagi obektlarni mutlaqo yangi usulda örganiş imkonini beradi. U tungi osmonni tez-tez suratga olgani uçun biz har keça millionlab özgaruvçan obektlarni tom ma’noda aniqlay olamiz», dedi doktor Aaron Rudman, Stensler universiteti Milliy Laboratoriyasining zarraçalar fizikasi va astrofizikasi professori.

Teleskop «kaşfiyot maşinasiga» aylanişi mumkin, dedi u. Masalan, tadqiqotçilar undan qoramtir materiyaning tabiatini batafsilroq örganiş uçun foydalanmoqçi. Teleskop galaktikalarning aylaniş tezligini örgangan amerikalik olim Vera Rubin şarafiga nomlangan. Uning tadqiqotlari qoramtir materiya mavjudligini isbotlaş uçun asos böldi.