Çilida 1979 yilda egizak qizlari öğirlab ketilgan ayol 45 yildan söng birinçi marta ular bilan uçraşdi. CNN telekanali ularning ta’sirli tarixini sözlab berdi.
64 yoşli Mariya Veronika Soto va uning qizlari Mariya Beatris va Adeliya Rouzning ehtiroslarga boy uçraşuvi egizaklar Italiyadan qaytib kelganidan keyin Çilidagi Konsepsion şahri aeroportida bölib ötdi.
Soto qizlarini oxirgi marta sakkiz oylik paytida körgan. Egizaklar özlarini Çilida asrab olinganini doimo bilgan, ammo onasi kimligidan bexabar bölgan.
19 yoşli Sotoning farzandlari 1979 yilda, Çili general Augusto Pinoçet diktaturasi ostida bölganida tuğilgan. Ayol sözlariga köra, şifokorga rejali taşrifdan söng, unga 8 oylik qizlari tekşiruvdan ötiş uçun qolişi kerakligi aytilgan. Ularga tibbiy yordam va ovqatlaniş böyiça yordam va’da qilingan. Ammo köp ötmay, uning sözlariga köra, hukumat klinikasi onasini göyoki ularni notöğri ovqatlantirganlikda ayblab, bolalarni olib qöygan.
Politsiya ayolga sudga borişni maslahat bergan. U yerda bolalarni italiyalik er-xotin asrab olgani ma’lum bölgan. Keyinçalik Soto qizlarining tuğilganlik haqidagi guvohnomalari özgartirilganini va ularda haqiqiy ota-onalaridan heç birining ismi yozilmaganini bilgan.
2020 yilda Soto butun dunyo böylab noqonuniy asrab olingan bolalarni qidirayotgan «Nos Buscamos» («Bir-birimizni izlayapmiz») nodavlat taşkiloti bilan boğlanganida, ona va bolalarni birlaştirişning uzoq va maşaqqatli yöli boşlandi. Uning asosçisi, bolaligida noqonuniy asrab olingan Konstansa del Rio ayolga DNK testini topşirişni tavsiya qilgan, Soto darhol şunday qildi.
Taşkilot ayolning qizlarini 5 yilda topişga muvaffaq böldi. Sotoning aytişiça, u bir kun kelib qizlari bilan uçraşiş umidini heç qaçon yöqotmagan, ammo buning uçun 45 yil kutişga majbur bölişini bilmasdi.
10 sentabr kuni egizaklar Italiyadan Çiliga uçib, Konsepsionga qöndi. Soto va qizlarining samimiy uçraşuviga köplab odamlar, jurnalistlar va amaldorlar ham guvoh böldi.
«Onajoningiz sizlarni har doim izlagan», dedi Soto qizlarini bağriga bosib.













