"Afğon hukumati "Tolibon" bilan muloqotga oçiq" («Afghanistan government open to talks with Taliban: Envoy». «New Indian Express», 30.01.17) maqolasida Afğon islom respublikasi (AIR) va Pokiston islom respublikasi (PIS) elçisi bayonotiga e'tibor qaratilgan. Unda Kobulning toliblar bilan tinçlik muzokaralarini ötkaziş uçun oçiq ekanligiga işora qilingan.

Ta'kidlanişiça, AIR hukumati Qatardagi TH idorasi bilan bevosita aloqada, biroq qurollangan muxolifat tomonidan bunga javoban harakatlar yöq. Şunga qaramay, rasmiy Kobul har qanday vaqtda ham muzokaralarga tayyor ekanini ma'lum qildi. 

Biroq TH avvalgidek BMTning saktsion röyxatidan "Tolibonlar" yetakçilarini olib taşlaşni talab qilmoqda. Xorijiy qöşinlarni olib çiqiş masalasi böyiça ta'kidlanişiça, AIRdagi uruş mamlakatda xorij qöşinlarining qolişiga şaroit yaratadi. Bundan taşqari, Kobul tomonidan toliblarni taşqaridan qöllab-quvvatlaşni töxtatiş zarurati bildirilgan, zero bu jarayonning tezlaşuviga tösqinlik qiladi. 

Afğon hukumatida muzokaralarning tez orada boşlanişiga umid qilişmoqda. Bundan taşqari, har qanday jangovor xatti-harakatlarni töxtatiş lozim, çunki zöravonlik bundan keyingi muloqot imkonini kamaytiradi. AIRdagi vaziyatga salbiy ta'sir körsatuvçi omil - Afğonistonning bir qator provinsiyalarida IŞID terrorçi taşkilotining mavjudligi. IŞID mahalliy aholi orasida u qadar maşhur bölmasa-da, öz pozitsiyalarini mustahkamlab kelmoqda.