Nemis velopoygaçisi Marsel Kittel "Dubay turi" köp kunlik velopoygasida uning yuziga tarsaki tuşirgan ukrainalik velopoygaçi Andrey Grivkoni qilmişi uçun keçirmoqçi emas. Bu haqda sportçining özi tvitterda yozdi.
"Men uzrlarni qabul qilmayman. Bu velopoygalar bilan heç qanday umumiy jihatga ega emas. Grivko qilgan iş – bizning ajoyib sport turimizga isnoddir", deb yozgan nemis sportçisi.
Voqea velopoyganing 3-bosqiçida yuz bergan. Ukrainalik nemisning yonidan ötayotib, uning yuziga muşt tuşirib, yuzini qonatib yuborgan. Şundan keyin Grivko musobaqalardan çetlatilgan. Kittelning özi esa öz dilozorini yarim yilga çetlatişni talab qilgan.
Marsel Kittel "Dubay turi"da yetakçilik qilmoqda. 31 yanvarda boşlangan velopoyga 4 fevralda yakun topadi. Nemis hozirda ötgan 3 ta bosqiçdan ikkitasida ğolib bölgan.












