Falastin tarafdorlari namoyişi Ispaniyaning Bilbao şahrida «Vuelta» velopoygasi 11-bosqiçini töliq yakunlaşga imkon bermadi. AP xabariga köra, poyga finişga 3 km masofa qolganida töxtatildi.

«Marradagi voqealar tufayli biz finişga 3 kilometr qolganda poygani töxtatdik. Bosqiç ğolibi bölmaydi», deb e’lon qildi taşkilotçilar.

Qayd qilinişiça, finişga yaqin joyni Falastin bayroqlari va Falastinni qöllab-quvvatlovçi plakatlar kötargan namoyişçilar egallagan. Taşkilotçilar politsiya çaqirişga majbur bölgan.

11-bosqiç oldidan Professional velosipedçilar assotsiatsiyasi (CPA) poygaçilar, xususan, «Isroil - Premier Tech» jamoasi xavfsizligi böyiça xavotir bildirib, xavfsizlik çoralarini kuçaytirişga çaqirgan edi.

Bir kun avval trassadagi norozilik namoyişlari «Intermarche - Wanty» poygaçisi Simone Petillining yiqilişiga sabab böldi.

Ispaniyaning «Vuelta» velopoygasi «Tur de Frans» va «Jiro d’Italiya» bilan bir qatorda uçta asosiy köpkunlik poygalardan biri. Poyga 14 sentabr kuni Madridda yakunlanadi.