Dunyoning eng nufuzli velopoygalaridan biri “Tur de Frans”da UAE Team Emirates jamoasi a'zosi sloveniyalik Tadey Pogaçar ğolib böldi. E'tiborlisi, Pogaçar uşbu velopoygada birinçi marta qatnaşdi.
Poyganing sönggi bosqiçi örtoqlik poygasi körinişida ötgan va u heç nimani hal qilmagan. Unda Deceunick Quick-Step jamoasi a'zosi Sem Bennett ğalaba qozondi.
21 bosqiçdan iborat poyga ğolibi Pogaçar butun masofani 87 soat 20 daqiqa 5 soniyada bosib ötgan. Uning hamyurti, Jumbo-Visma a'zosi Primoj Rogliç 2-örinni, avstraliyalik Riçi Port 3-örinni egallagan.
21 yoşli Pogaçar musobaqada birinçi marta iştirok etgan va fransuz Anri Kornedan keyin uşbu nufuzli velopoyga tarixidagi ikkinçi raqamli eng yoş poygaçi böldi. Korne uşbu musobaqada 1904 yil 19 yoşida ğolib bölgan. Oxirgi marta velopoyga debyutanti “Tur de Frans”da 1983 yilda ğalaba qozongan: bu natijaga fransuz Loran Finon erişgan. Bundan taşqari, velopoyga tarixida birinçi marta arab jamoasi vakili ğolib böldi.
“Tur de Frans” joriy yilda 107-marta ötkazildi. Bu safar u faqat Fransiya hududi orqali ötgan. Poyga 27 iyunda boşlanişi kerak edi, biroq pandemiya sababli keçroq muddatga köçirilgandi. Poyganing umumiy davomiyligi 3470 kmni taşkil qilgan.












