Avstriya poytaxti Vena şahrida ommaviy hibsga olişlar bölib ötdi, ular davomida çeçenistonlik 22 kişi uşlandi. Bu haqda Avstriya politsiyasiga iqtibos keltirgan holda APA axborot agentligi xabar bermoqda. Hibsga olişlar 3 fevralda soat 20:45da Venadagi Donauinzel orolida ötgan.

Qölga olişlar sababi ma'lum qilinmagan. Şunisi ma'lumki, politsiyaçilar şubhali odamlar guruhini payqagan mahalliy aholidan xabar olganlar. Voqea joyiga yetib kelgan politsiyaçilar çeçenlardan ular bu yerda nima qilayotganlarini bilişga urinişgan. Çeçenlar bu yerda sayr qilib yurişgani, ba'zilari esa töy bölayotganini aytişgan.

Politsiyaçilardan biri tomonidan qorda töpponça aniqlangandan keyin çeçenlar hibsga olingan. "Voqea joyida bölgan barça 22 kişi hibsga olindi", deyildi politsiyada. Uşlanganlar 25 yoşdan 50 yoşgaça bölgan şaxslar bölgan.

Ta'kidlanişiça, politsiya ularning avtomobillarini tintuv qilgan. Tintuv vaqtida çeçenlarga tegişli avtomat, töpponça va öq-dorilar qölga kiritilgan. Barça uşlanganlar söroq qilinganlar, voqea tergovi davom etmoqda.