The Economist jurnali Avstriya poytaxtini “dunyodagi yaşaş uçun eng qulay şahar” deb e’tirof etdi. Bunga jamoat transporti tizimining mukammalligi ham hissa qöşgan.

Jamoat transporti Venani dunyodagi yaşaş uçun eng qulay şaharga aylantiradigan omillardan biri. Ammo bu tizimning öziga xos jihatlari nimada?

Sotsial-demokratik partiyadan Vena şahar kengaşi a’zosi Yozef Tauxerning aytişiça, taxminan ikki million aholiga ega şahardagi odamlarning yarmiga yaqinida yöl çiptasi bor.

“U bir kunga 1 yevro turadi, 2012 yildan beri şu narx özgarmagan. Bu iqlim muhofazasiga juda katta ta’sir körsatadi”, — dedi Tauxer yillik çipta narxi 365 yevro ekanini ta’kidlab.

Şahar hokimiyati ikki yil avval qabul qilingan yöl xaritasida Venani 2040 yilgaça iqlim jihatidan neytral şaharga aylantiriş majburiyatini öz zimmasiga olgandi.

“Har kuni avtobuslarimiz, tramvaylarimiz va metro poyezdlarimiz bilan dunyoni beş marta aylanib çiqamiz”, — deb qöşimça qildi u, jamoat transportining kundalik bosib ötadigan masofani nazarda tutib.

Şahar statistikasiga köra, Vena aholisining öndan uç nafari jamoat transportidan foydalanadi, uçdan bir qismidan köproği piyoda yuradi va faqat törtdan bir qismi avtomobilda harakatlanadi.

2022 yilda Venadagi yönalişlarda 792 millionta qatnovdan 352 milliontasi metroda, 274 milliontasi tramvayda amalga oşirilgan.

Yaqinda ötkazilgan sörovnoma natijalariga köra, jamoat transportidan qoniqiş darajasi 91 foizni taşkil etdi. Bu körsatkiç Vena şahrini Yevropaning 83 şahri orasida birinçi öringa olib çiqdi.

Umumiy xizmatlar

“Bir neça yil avval biz “oxirgi va birinçi kilometr” muammosini hal etiş hamda odamlarni avtomobillardan foydalanişga majbur qilmaslik maqsadida umumiy foydalaniş xizmatlarini, jumladan, umumiy velosipedlar va elektromobillarni joriy etdik”, — deb ta’kidladi transport tizimini boşqaruvçi Wiener Linien (“Vena liniyalari”) kompaniyasi boş direktori Aleksandra Reynagl.

“Foydalanuvçilar işonçli tizimga ega bölişi kerak. Ya’ni, maşinangiz bölmasa, sizni A punktdan B punktga olib boradigan boşqa tizim zarur”, — deya qöşimça qildi u.