Amerikalik estrada yulduzi Teylor Sviftning Venada bölib ötadigan uçta konserti ham bekor qilindi, deb xabar berdi şou taşkilotçisi Barracuda Music 7 avgust, çorşanba kuni keçki payt. «Hokimiyat tomonidan «Ernst Happel» stadionida rejalaştirilgan terakt tasdiqlangani sababli, barçaning xavfsizligi uçun rejalaştirilgan uçta konsertni bekor qilişdan boşqa ilojimiz yöq», — deyiladi bayonotda.

Avvalroq Avstriya politsiyasi Vena va Quyi Avstriya federal yerining Ternits şahrida teraktga tayyorgarlik körişda gumon qilingan ikki şaxs hibsga olingani haqida xabar bergan edi. Huquq-tartibot idoralari vakillarining sözlariga köra, qölga olinganlar Vena va uning atrofidagi ommaviy tadbirlarda teraktlar uyuştiriş böyiça aniq rejalarga ega bölgan. Tintuv çoğida xonadonlardan birida kimyoviy moddalar topilib, uning tarkibi örganilmoqda.

Hibsga olinganlardan biri - 19 yoşli Avstriya fuqarosi - IŞID terrorçilik taşkilotining amaldagi rahbariga sodiqlikka qasamyod qilgan. Politsiya hibsga olingan ikkinçi şaxs haqida heç qanday ma’lumot bermadi. Kurier gazetasining yozişiça, u 17 yoşda. Politsiyadagi manbalarning ORF.at naşriga ma’lum qilişiça, yana uç nafar gumonlanuvçi qidirilmoqda.

Avstriya kansleri: Fojianing oldi olindi

Avstriya federal kansleri Karl Nexammer Teylor Svift konsertlari atrofida juda jiddiy vaziyat bölganini e’lon qildi. «Politsiyamizning xorijiy xizmatlar bilan jadal hamkorligi tufayli xavfni öz vaqtida tan oliş, çora köriş va fojianing oldini oliş mumkin böldi», — deb yozdi u X ijtimoiy tarmoğida.

«Biz Ğarb hayot tarzimizga hujum qiliş uçun zöravonlik vositalari qöllanadigan davrda yaşayapmiz», dedi Nexammer. Terrorizm köplab Ğarb davlatlarida xavfsizlik va erkinlikka tahdid soladi, şuning uçun huşyor böliş, bir-birini qöllab-quvvatlaş va qat’iy kuraşiş muhim, deydi u.

Teylor Sviftning Venadagi uçta konsertidan birinçisi payşanba kuni bölib ötişi kerak edi. Har bir tomoşa uçun 60 mingga yaqin çipta sotilgan. Taşkilotçi çiptalar uçun pulni ön iş kuni içida qaytarişga va’da berdi.